VODILIY

VODILIY (taxallusi; asl ismi Soʻfiyev Abdurahmon) (1893, Fargʻona, Vodil qishlogʻi — 1965, Toshkent) — oʻzbek shoiri. Erkin fikrlilikda ayblanib quvgʻin va taʼqiblarda yashagan. Vodiliyning «Devon»i (1963), farzandlariga yozgan oʻgitlari bor. Abdurahmon Jomiyning tasavvufga oid kitobi, Fariduddin Attorning «Mantiq ut-tayr», Alisher Navoiyning «Lison ut-tayr» dostonlarining qiyosiy, nasriy bayonlari hamda Muhammad Hodiyning «Alvohi intiboh» asarlariiing oʻzbekcha tabdili … Читать далее

BRUNEY

BRUNEY, BruneyDorussalom (Brunei Darussalam) — Jan. sharqiy Osiyodagi davlat. Kalimantan o. ning shim. da joylashgan. Mayd. 5,8 mingkm2, aholisi 300 ming kishi (1996). Poytaxti — BandarSeriBegavan sh. Maʼmuriy jihatdan 4 okrugga boʻlinadi. Davlat tuzumi. Bruney — konstitutsiyali monarxiya (sultonlik). Hamdoʻstlik tarkibiga kiradi. Amaldagi konstitutsiya 1959-y. 29 sent. da qabul qilingan. Davlat boshligʻi — sulton. Mamlakatdagi … Читать далее

BOGʻ TUZISH SANʼATI

BOGʻ TUZISH SANʼATI, bogʻdorlik sanʼati — xiyobon, bogʻ, park, chorbogʻ va b. koʻkalamzorlashtirilgan joylar yaratish sanʼati. Meʼmoriy rejasi, tarkibidagi koʻshklari, hovuzlari, xilmaxil daraxtlari, chamanlari bilan meʼmorlikda alohida oʻrin tutadi. Doim oʻz tusini oʻzgartirib turuvchi yirik dovdaraxtlarning tabiat hamda badiiy ijod bilan uygʻunlashuvi Bogʻ tuzish sanʼatining oʻziga xos xususiyatidir. Bogʻ tuzish sanʼatida mahalliy iklim, boʻrtma tasvir, … Читать далее

VARD

VARD (sugʻdiycha — buta, shox-shabba) — dare oʻzanlari va ulardan boshlangan yi-rik tarmoqlar oqimini toʻsib, kanallarga suv chiqarishda foydalaniladigan shox-shabba oʻrami. Vard atamasi Xorazmda «navard», Zarafshon vodiysida «navola», Fargʻona vodiysida «oʻluk», Chirchiq hamda Sirdaryo vohalarida esa «qorabura» shakllarida talaffuz etiladi. Bu atamalar «shox-shabba oʻrami» maʼnosini anglatib, ulardan suv xoʻjaligida qadimdan keng foydalanib kelingan. Vardlar, orasi … Читать далее

BILOL

BILOL ibn Ruboh Habashiy (? 641, Damashq) — islom tarixidagi birinchi muazzin. Baland, shirali, taʼsirli ovozga ega boʻlgan. Asli habashistonlik, Makkada islomni birinchilardan boʻlib qabul qilgan qullardan. Xoʻjasi Umayya ibn Halaf islomdan voz kechishni talab etib unga toqat qilib boʻlmas azoblarni berar edi. Abu Bakr Siddiq (ra) Bilol (ra)ni Umayyadan sotib olib, ozodlikka chiqardi. Paygʻambar … Читать далее

VOSIFIY

VOSIFIY (taxallusi; asl ismi Zayniddin Mahmud ibn Abduljamil) (1485/86, Hirot – 1551 yoki 1566, Toshkent) — adib. Munshiy oilasida tugʻilgan. Vosifiy arab tili, adabiyot, fiqh va b. bilimlarni puxta egallagan. Hirotda Shoxrux madrasasida tahsil koʻrgan (1511-y. gacha). Husayn Boyqaroning oʻgʻli Faridun Husaynga kotiblik, boshqa oʻgʻillariga muallimlik qilgan. 16 yoshida Navoiy b-n tanishgan. Ijodini Hirotda, Navoiy … Читать далее

BOQI MUHAMMAD

BOQI MUHAMMAD (71605) Buxoro xoni (1601—05). Ashsharxoniylardan. Jonibek sultonning oʻgʻli. Shayboniylar sulolasining soʻnggi vakili Pirmuhammadxon (1598—1601) Boqi Muhammadni alohida xizmatlari uchun Samarqand hokimi etib tayinlagan (1599). Shunday boʻlsada, Boqi Muhammad tez orada oʻz mavqeini mustahkamlab olib, Pirmuhammadxonga itoat etmay koʻygan va hatto unga qarshi urushga hozirlik koʻra boshlagan. 1601-y. iyunda Pirmuhammadxon Samarqand yaqinidagi Bogʻi Shamol … Читать далее

BAROQ

BAROQ, Buroq, Baroq oʻgʻlon (? — 1428) — dashti qipchoqlik hukmdor (1423—28). Oʻrusxonning nabirasi. Baroq 1419-y. may oyida taxt uchun kurashda koʻmak istab Samarqandga Ulugbek huzuriga kelgan. Ulugʻbek unga harbiy yordam beradi va shu yilning avg. oxirida oʻzi ham katta qoʻshin bilan safarga chiqib, 5 sent. da Chinoz yonida Sirdaryodan kechib oʻtadi. Dushman (Tugʻa Temur … Читать далее

VAHHOBIYLIK

VAHHOBIYLIK — islom dinining sunniylik yoʻnalishi hanbaliya mazhabidagi oqim. Arabiston ya. o. ning markaziy qismi (Najd)da 18-a. oʻrtalarida paydo boʻlgan. Muhammad ibn Abdulvahhob (1703—92) asos solgan (nomi shundan). Ibn Abdulvahhob aqoidda ilohiyotchilar Ibn Taymiya (1263—1328) va Ibn Kasiyr (1300—72) ga ergashdi. Ibn Abdulvahhob diniy targʻibotni taxm. 1730-y. da boshlagan, oʻz otasining vafotidan (1740) soʻng uni … Читать далее

VALI MUHAMMAD

VALI MUHAMMAD (? – 1611.27.8) — Buxoro xoni (1605—11), ashtarxoniylardan. Akasi Boqi Muhammad davrida Balx noibi (1599—1605). Boqi Muhammad vafotidan soʻng Buxoro taxtiga oʻtqazilgan. Vali Muhammaddan soʻng Balx hokimi boʻlgan Nadr Muhammadxon boshliq mahalliy amaldorlar Imomqulixonni Buxoro taxtiga oʻtqazish uchun Vali Muhammadga qarshi fitna uyushtirganlar. 1611-y. bahorida V. M. Imomquli va Nadr Muhammadxonlar bilan boʻlgan … Читать далее