BOQI MUHAMMAD

BOQI MUHAMMAD (71605) Buxoro xoni (1601—05). Ashsharxoniylardan. Jonibek sultonning oʻgʻli. Shayboniylar sulolasining soʻnggi vakili Pirmuhammadxon (1598—1601) Boqi Muhammadni alohida xizmatlari uchun Samarqand hokimi etib tayinlagan (1599). Shunday boʻlsada, Boqi Muhammad tez orada oʻz mavqeini mustahkamlab olib, Pirmuhammadxonga itoat etmay koʻygan va hatto unga qarshi urushga hozirlik koʻra boshlagan. 1601-y. iyunda Pirmuhammadxon Samarqand yaqinidagi Bogʻi Shamol degan joyda Boqi Muhammad bilan jang qilib, magʻlubiyatga uchragan. Soʻng B. M. Buxoroga kirib, xonlik taxtini egallagan. Shu tariqa Buxoroda yangi sulolaashtarxoniylar xukmronligi boshlangan. Boqi Muhammad oʻz hukmronligi davrida xonlik hududi yaxlitligini saqpab qolish va oʻziga qadar oʻtgan xonlar qoʻldan chikargan yerlarni dushmandan kaytarib olish maqsadida koʻplab urushlar qilgan. Chunonchi, Boqi Muhammad Balx taxtiga daʼvo qilib isyon koʻtargan (1601—02) ashtarxoniy shahzodalar — Abbos sulton va Rahmonquli sultonlarni magʻlub etgan (1602-y. bahori). Eron shohi Abbos I Balxni bosib olish, soʻngra Boqi Muhammadni taxtdan agdarib, uning oʻrniga shayboniylardan Muhammad Salim sultonni oʻtqazish va bu bilan Buxoro xonligida ashtarxoniylar hukmronligiga chek qoʻyish maqsadida katta qoʻshin bilan yurish qilganda, Boqi Muhammad Amudaryo boʻyidagi Puli Xataba degan joyda unga peshvoz chiqib (1602-y. iyul), Eron qoʻshinini butunlay tormor keltirgan. Shoh Abbos I esa qolganqutgan askarlari bilan arang qochib qutilgan. 1603-y. 25-martda Boqi Muhammad temuriylardan Kobul hokimi Muhammad Hakim Mirzoning jiyani Badiuzzamon bosib olgan Qunduz sh. ni uch oy qamal qilgach, yana qayta qoʻlga kiritgan. Boqi Muhammad mamlakatni idora qilish tizimi va soliqlarni tartibga solish, qoʻshinni qayta tashkil qilish kabi qator islohotlar oʻtkazgan, savdo-sotiq, hunarmandchilik, obodonchilik ishlariga katta eʼtibor bergan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x