BRUNEY

BRUNEY, BruneyDorussalom (Brunei Darussalam) — Jan. sharqiy Osiyodagi davlat. Kalimantan o. ning shim. da joylashgan. Mayd. 5,8 mingkm2, aholisi 300 ming kishi (1996). Poytaxti — BandarSeriBegavan sh. Maʼmuriy jihatdan 4 okrugga boʻlinadi.

Davlat tuzumi. Bruney — konstitutsiyali monarxiya (sultonlik). Hamdoʻstlik tarkibiga kiradi. Amaldagi konstitutsiya 1959-y. 29 sent. da qabul qilingan. Davlat boshligʻisulton. Mamlakatdagi qonun chiqaruvchi hokimiyat toʻlatoʻkis uning qoʻlida. Sulton Bruney musulmonlarining liniy boshligʻi ham hisoblanadi. Sulton huzurida bir necha maslahat organlari bor. 1962-y. dan buyen amal qilayotgan favqulodda holat sababli mamlakatni boshqarish faqat sulton dekretlariga muvofiq amalga oshiriladi. Ijroiya hokimiyat ham sultonga va hukumatga qarashli. Sulton ayni vaqtda bosh vazir hamdir.

Tabiati. Bruney hududining koʻp qismi tekislikdan iborat boʻlib, jan. da uning bal. 300 m gacha boradi. Bruneyning eng baland nuqtasi 1841 m boʻlib, u mamlakat sharqidagi Bukit Pagon togʻidir. Iqlimi — ekvatorial. Butun yil davomida havo t-rasi 26° atrofida. Yiliga 2000—4000 mm yogʻin yogʻadi. Hududining 75% dan koʻprogʻi doimiy yashil tropik oʻrmonlar b-n qoplangan, xilmaxil daraxtlar oʻsadi. Hududining 20% botqoqlik va butazorlardan iborat. Daryolari: Temburon, Belayt, Tutong va Bruney.

Aholisi asosan malayyalar (66,5%), shuningdek indonez tillarida soʻzlashuvchi kedayan, dusun, melanav, iban kabi mahalliy guruhlardan, xitoylar, hindlardan iborat. Bir necha ming ingliz ham yashaydi. Aholining yarmidan koʻprogʻi — musulmonlar. Shaharlarda aholining 90% yashaydi. Rasmiy tili — malayya va ingliz tili.

Tarixi. Bruney 14-a. da, chamasi, hoz. Indoneziyada hukm surgan Majapaxit imperiyasiga tobe boʻlgan. 15-a. da Bruney hoʻkmdori AlakberTata ismli shaxs Muhammad nomini olib, Bruneyning birinchi sultoni boʻldi. 16-a. ning 1-yarmida sultonlik gʻoyat ravnaq topdi, Kalimantanning butun shim. sohili va bir qancha qoʻshni orollarni buysundirdi. 1580-y. da Bruneyni ispan mustamlakachilari bosib oldi. Garchi ular haydab chiqarilgan boʻlsa ham, Bruney qudratiga putur yetgan va u fakat Shim. Kalimantannigina saqlab qolgan edi. 19-a. boshlarida Bruney qaroqchilarning eng yirik markazlaridan va qul savdosi bozorlaridan biri boʻlib qoldi. Biroq Angliya borabora Bruneyni oʻziga qaram qilib oldi. 1888-y. B. Angliya protektoratiga aylandi. 1906-y. da neft konlari ochilishi munosabati bilan ingliz noibi tayinlandi. 1941—45 y. larda Bruney Yaponiya tomonidan bosib olindi. 1948—59 y. larda uni ingliz gubernatori idora qildi. 1984-y. 1 yanv. da Bruney mustaqillikka erishdi. Bruney 1984-y. dan BMT aʼzosi. OʻzR b-n diplomatiya munosabatlari 1996-y. 23-iyunda oʻrnatilgan. Milliy bayrami — 23 fev. — Milliy kun (1984).

Xoʻjaligi. Asosiy tarmoklari — neft qazib olish (yiliga 10 mln. tdan ortiq) va suyultirilgan gaz i. ch. (yiliga 12 mlrd. m3), kauchuk yetishtirish va oʻrmonchilik. Yalpi ichki mahsulotda sanoat ulushi 41,6%, q. x. ulushi 2,1%. Gaz suyultirish z-di, taxta tilish, yogʻochsozlik, neftni qayta ishlash korxonalari bor. Hunarmandchilik (toʻquvchilik, yogʻoch va kumushdan buyumlar, yogʻoch kemalar yasash va h. k.) rivojlangan. Asosiy ekini sholi; kauchukli oʻsimliklar, palma daraxtlari oʻstiriladi. Qoʻtos, echki, choʻchqa boqiladi; ovchilik, baliqchilik bilan shugʻullaniladi. Transportning asosiy turi — kema qatnovi. Avtomobil yoʻllarining uz. — 2200 km, t. y. uzunligi — 19 km. Asosiy dengiz porti — BandarSeriBegavan va Muara. Chetga neft va neft mahsulotlari, kauchuk, suyultirilgan tabiiy gaz, yogʻoch sotadi. Chetdan sanoat va oziq-ovqat mahsulotlari, mashinalar, asbob uskunalar va b. oladi. Savdo-sotiq sohasidagi mijozlari: Jan. Koreya, Malayziya, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Singapur va b. Pul birligi — B. dollari.

Tibbiy xizmat va maorif ishlari mustaqillikdan keyin rivojlana boshladi. Bruney dagi 967 oʻrinli 10 gospital, 5 dispanserda 197 shifokor va 27 tibbiy hamshira xizmat koʻrsatadi. Mamlakatda malayya, ingliz va xitoy tilida oʻqitiladigan maktablar bor. Diniy maktablar ham mavjud. Maktablarda taʼlim bepul, 5 yoshdan 16 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun majburiy. Boshlangʻich maktablarda oʻqish 6 y., oʻrta maktablarda 7 y. 1994-y. B. da 151 bolalar bogʻchasi (11698 tarbiyalanuvchi), 47 maktab (69242 oʻquvchi), 2 int (320 talaba) va 1 unt (1138 talaba) bor edi. Bruney milliy birlashgan partiyasi (1986-y. da tuzilgan) mavjud. Bruneyda yagona kasaba uyushma birlashmasi yoʻq. Faqat tarmoq kasaba uyushmalari ish olib boradi.

Matbuoti. Bruney dagi asosiy gaz. va jur. lar: «Pelita Bruney» («Bruneyningbesh yillik rejasi», malayya tilida chiqadigan haftalik gaz., 1956-y. da asos solingan), «Salom» (malayya va ingliz tilida 2 haftada 1-marta chiqadigan gaz., 1953-y. da tashkil etilgan), «Borneo bulletin» («Borneo byulleteni», ingliz tilida chiqadigan haftalik byulleten, 1953-y. da asos solingan), «BruneyDorussalom nyus letter» («BruneyDorussalom axborot byulleteni», ingliz tilida chiqadigan jur.). B. davlat radio va telekoʻrsatuvi 1957-y. da tashkil etilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x