BILOL

BILOL ibn Ruboh Habashiy (? 641, Damashq) — islom tarixidagi birinchi muazzin. Baland, shirali, taʼsirli ovozga ega boʻlgan. Asli habashistonlik, Makkada islomni birinchilardan boʻlib qabul qilgan qullardan. Xoʻjasi Umayya ibn Halaf islomdan voz kechishni talab etib unga toqat qilib boʻlmas azoblarni berar edi. Abu Bakr Siddiq (ra) Bilol (ra)ni Umayyadan sotib olib, ozodlikka chiqardi. Paygʻambar (sav) bilan Madinaga hijrat qilgan. 622-y. Madinada ommaviy azon aytish joriy etilganda u birinchi boʻlib baland ovozi bilan musulmonlarni namozga chorlagan va bir necha yil davomida Muhammad (sav)ga muazzinlik qilgan. Paygʻambar (sav) vafotidan soʻng Shomda yashagan va Hazrat Husayn (ra) iltimosiga koʻra bomdod namozi azonini aytgan, degan rivoyat bor. Zokir Oripov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x