PASTER

PASTER (Pasteur) Lui (1822.27.12, Dol, Fransiya — 1895.28.9, Vilnyovl Etan, Parij yaqinida) — fransuz kimyogari va mikrobiologi, hoz. zamon mikrobiologiyasi va immunologiyasi asoschilaridan biri. Parij FA (1862) va Fransiya tibbiyot akademiyasi (1873), Fransiya akademiyasi (1886) akad. Strasburg un-ti (1849), Lill un-ti (1854), Oliy normal maktab (1857) va Parij un-ti (1867) prof. 1888-y. Parijda xususiy mikrobiologiya … Читать далее

PARASKARIDOZ

PARASKARIDOZ — ot, eshak va xachirlarda uchraydigan invazion kasallik. Ingichka ichak, baʼzan oshqozonda parazitlik qiladigan Parascaris equorun nematoda qoʻzgʻatadi. Kasal hayvonlarning tezagi bilan ifloslangan yem-xashak va suv orqali yuqadi. Asosan, yosh mollar kasallanadi, kasal hayvon yoʻtaladi, burnidan suv oqadi, nafas olishi tezlashadi, tana harorati qisqa vakt koʻtariladi, ichi qotadi yoki ketadi. Kamqonlik (anemiya) belgilari koʻrinadi; … Читать далее

PROKTOLOGIYA

PROKTOLOGIYA (yun. proktos — toʻgʻri ichak va…logiya) — tibbiyotning bir boʻlimi. Toʻgri ichak, anal kanali va oraliq sohasi kasalliklarining etiologiyasi, patogenezi, morfologiyasi, fiziologiyasi, diagnostikasi va davolash usullarini oʻrganadi. Tibbiyotning soʻnggi yillarda tez rivojlanishi tufayli Proktologiya faqat toʻgʻri ichak, anal kanali va oraliq sohasi kasalliklarini (bavosir, oʻtkir va surunkali paraproktitlar, ichak oqmalari, anal sfinkteri yetishmasligi va … Читать далее

POMIDOR

POMIDOR (ital. pomudoro, porno dʻoro — oltin olma) (Lucopersicon) — ituzumdoshlar oilasiga mansub bir va koʻp yillik oʻtsimon oʻsimliklar va yarim butalar turkumi, sabzavot ekini. 3, baʼzi maʼlumotlarga koʻra 7 turi mavjud. Oddiy — yeyiladigan Pomidor (L.eskulentum) jahondagi deyarli barcha mamlakatlarda (ochiq va himoyalangan yerlarda) ekiladi. Jahon boʻyicha ekin maydoni 3,5 mln. ga, hosildorligi 268,6 … Читать далее

PIROPLAZMOZ

PIROPLAZMOZ — qoramol, ot, choʻchqa va itlarda uchraydigan invazion kasallik. Piroplasma turkumiga mansub qon parazitlari keltirib chiqaradi. Qoʻzgʻatuvchisi oraliq xoʻjayin ishtirokida uning qizil qon tanachalari va ichki parenximatoz organlarida koʻpayadi. Piroplazmozni yaylov kanalari tarqatadi. Mavsumiy kasallik. Kasallangan hayvonda isitma, sariklik, kamqonlik va qon siyish kabi belgilar paydo boʻladi. Echki va qoʻylarda babezioz bilan bir vaktda … Читать далее

PIYELONEFRIT

PIYELONEFRIT (yun. pyelos — jom va nephros — buyrak) — buyrak va buyrak jomining yalligʻlanishi (piyelit). P. mustaqil ravishda yoki siydik yurishini qiyinlashtiruvchi siydik-tanosil sistemasi kasalliklari (prostata bezi adenomasi, siydik toshi kasalligi va b.) natijasida vujudga kelishi mumkin. Piyelonefrit turli infeksion kasalliklar oqibatida ham paydo boʻladi. Bolalarda koʻpincha gripp, zotiljam va nafas organlarining boshqa kasalliklari … Читать далее

MIALGIYA

MIALGIYA (yun. mys — muskul va algos — ogʻriq) — muskullardagi ogʻriq. U oʻtkir va kucheiz boʻlib, koʻpincha, boʻyin, koʻkrak qafasi, tana, bel, oyoq-qoʻl muskullarida kuzatiladi. Kasallik keskin harakat qilganda, sovuq kotganda, muskullar zoʻriqqanda, shikastlanishda va b. hollarda paydo boʻladi. Bemor harakatlanganda yoki ogʻir yuk koʻtarganda ogʻriq zoʻrayadi. Davosi Mialgiyaga sabab boʻlgan omilni aniqlash va … Читать далее

KOʻKYOʻTAL

KOʻKYOʻTAL (frans. cogueluche) – boʻgʻilib-boʻgʻilib yoʻtal tutishi bilan kechadigan oʻtkir yuqumli kasallik. Koʻpincha bolalarda uchraydi. Borde-Jangu tayoqchasi degan bakteriya qoʻzgʻatadi (uni kashf etgan belgiyalik J. Borde va fransiyalik O. Jangu nomidan). Havotomchi yoʻli orqali yuqadi. Kasal bola aksirganda, yoʻtalganda havoga tarqalgan shilliq tomchilaridagi Koʻkyoʻtal tayoqchasi sogʻlom bolaning nafas yoʻllari orqali organizmga kiradi. Koʻkyoʻtal qoʻzgʻatuvchisi bola … Читать далее

PSORIAZ

PSORIAZ (yun. psoriasis — qichima) , qipiqli temiratki — yuqmaydigan surunkali teri kasalligi. Mod-dalar almashinuvi (xususan, yogʻ va uglevod almashinuvi), nerv va endokrin sistema faoliyatining buzilishi, tonzillit, gaymorit, xoletsistit, adnek-sit va b. oqibatida kelib chiqishi, «suyak surishi» mumkin. Koʻpincha boshning sochli qismi, tizza, tirsak va qoʻl-oyoq yuzasida paydo boʻladi. Dastlab terida mayda, pushti yoki qizgʻish … Читать далее

PULPIT

PULPIT — tish boʻshligʻini toʻldi-rib turadigan gʻovak biriktiruvchi toʻqima — pulpanchng yalligʻlanishi. Pulpaga tish chirishi natijasida mikrob kirishi, shuningdek, tishni qon b-n taʼminlaydigan kon tomirlarning jarohatlanishi, tish sinib, pulpaning ochilib qolishi tufayli ham yalligʻlanish roʻy beradi. Turli ki-myoviy moddalar taʼsirida (har xil kislotalar ishlatiladigan korxonalarda ishlaydigan kishilarda) ham Pulpit paydo boʻlishi mumkin. Kasallik koʻpincha toʻsatdan … Читать далее