PASTER

PASTER (Pasteur) Lui (1822.27.12, Dol, Fransiya — 1895.28.9, Vilnyovl Etan, Parij yaqinida) — fransuz kimyogari va mikrobiologi, hoz. zamon mikrobiologiyasi va immunologiyasi asoschilaridan biri. Parij FA (1862) va Fransiya tibbiyot akademiyasi (1873), Fransiya akademiyasi (1886) akad. Strasburg un-ti (1849), Lill un-ti (1854), Oliy normal maktab (1857) va Parij un-ti (1867) prof. 1888-y. Parijda xususiy mikrobiologiya i. t. in-tini (Paster in-ti) tashkil qiladi va boshqaradi.

Paster spirtli (1860), sut kislotali va yogʻ kislotali (1861) bijgʻishlar mikroblarning ferment i. ch. faoliyati sa-babli vujudga kelishini, kislorodsiz sharoitda yashaydigan mikroblar — ana-eroblar borligini isbotladi. Pasterning vino hamda pivolarning achib qolishi va pilla qurti kasalliklari (1870) sabablarini aniklab, bu mikroblarga qarshi samarali chora-tadbirlarni (pasterizatsiya usuli) ishlab chiqishi sanoat va oziq-ovqat mikrobiologiya – sining shakllanishiga asos boʻldi. Paster dunyoda birinchi boʻlib ilmiy izlanishlar natijasida parrandalar vabosi (1879), kuydirgi (1881) va quturish (1885) kasalliklariga qarshi vaksina tayyorlash usulini ishlab chikdi va kasallikning oldini olishda kuchsizlantirilgan kasallik qoʻzgʻatuvchi bilan emlash mumkinligini tasdiqlab, immunizatsiya (immunlash)ga asos soldi.

Paster oziq muhitlarga tashqaridan begona mikroorganizmlarni tushirmaslik va yiringli yaralarga qarshi kurashish usullarini ishlab chikib, aseptika va antiseptikaga asos soldi. Paster oʻz ilmiy izlanishlarining natijalari asosida mikroorganizmlar oʻzidan-oʻzi vujudga keladi degan nazariyani rad etdi.

As: Izbrannыye trudы, t. 1—2, M., 1960.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x