MIOKARDIT

MIOKARDIT (yun. myos — muskul va kardia — yurak) — yurak muskullari (miokard)nnng yalligʻlanishi, bu, odatda, yurak faoliyati yetishmovchiligiga olib kelishi mumkin. Miokarditga, koʻpincha, oʻtkir infeksion kasalliklar (difteriya, ich terlama, angina, skarlatina, sepsis, gripp), surunkali infeksiyalar (sil, zaxm) sabab boʻlib, asosida allergik oʻzgarishlar yotadi (q. Allergiya). M. ning oʻtkir, oʻrtacha yoki surunkali, shuningdek, yuqumli allergik … Читать далее

MASTOIDIT

MASTOIDIT (yun. mastoides — siynasimon) — chakka suyagidagi soʻrgʻichsimon oʻsiq kataklari va suyak toʻqimasi shilliq pardasining yalligʻlanishi; aksariyat hollarda oʻrta quloqning yiringli yalligʻlanishi asorati (q. Otit). Oʻtkir va surunkali, shuningdek, birlamchi va ikkilamchi Mastoidit farq qilinadi. Quloq sohasida ogʻriqva noxushlik, umumiy ahvolning oʻzgarishi, harorat koʻtarilishi, eshitishning susayishi, qulokdan yiring oqishi va b. kuzatiladi. Baʼzan shu … Читать далее

MEXANIK VA FIZIK HIMOYA USULLARI

MEXANIK VA FIZIK HIMOYA USULLARI (oʻsimliklar himoyasida) — zararkunandalar, kasallik qoʻzgʻatuvchilar va begona oʻtlarga qarshi kurashda turli mexanik moslamalar hamda tashki muhitning fizik omillaridan foydalanish. Oʻsimliklar zararkunandalari va kasalliklariga qarshi uygʻunlashtirilgan kurash tizimida muhim usullardan biri. Mexanik himoya usulida zararkunandalarning harakatlanishiga yoki oʻsimliklarning shikastlanishga toʻsqinlik qiluvchi turli xil choratadbirlar (daraxt poʻstlogʻini tozalash, uyalar va oʻsimlik … Читать далее

MIKROORGANIZMLAR

MIKROORGANIZMLAR — asosan, bir hujayrali mikroskopik tirik mavjudotlarning katta guruhi. Mikroorganizmlarga bakteriyalar, aktinometsitlar, achitqilar, mogʻor zamburugʻlari, mikroskopik suvoʻtlar va b. kiradi. Mikroorganizmlar prokariotlar (hujayrasida yadro va xromosoma apparati yoʻq organizmlar) va eukariotlar (hujayrasida sitoplazma va membrana bilan ajratilgan yadrosi bor bir yoki koʻp hujayrali organizmlar)ga boʻlinadi. Mikroorganizmlar tabiat (tuproq, suv, oʻsimlik qoldiqlari va b.)da keng … Читать далее

MIKOBAKTERIYALAR

MIKOBAKTERIYALAR (Mycobacteriaceae) — aktinomitsetlar oilasi. Mikobakterium turkumini oʻz ichiga oladi. Koʻndalang kesimi 0,2—0,6 mk, uz. 1,0— 10 mkm, koʻpincha, bir oz egilgan yoki shoxlangan tayoqchalar. Ayrim turlari giflar hosil qiladi, lekin ular yana tayoqcha va kokklarga ajralib ketadi. Gramm musbat, kislotaga chidamli, harakatsiz. Hujayraning boʻlinishi orqali koʻpayadi; spora hosil qilmaydi. Tuproqsa keng tarqalgan. Saprofit Mikobakteriyalar … Читать далее

MIGREN

MIGREN (frans. migraine) , miya ogʻrigʻi, gemikraniya — oʻqtin-oʻqtin tutadigan bosh ogʻrigʻi. Aksari ayollarda uchraydi. Kasallikka, asosan, qon tomir tonusini boshqarib turadigan nerv ishining buzilishi, koʻpincha, oilada va naslda qon tomir kasalligiga beriluvchanlik sabab boʻladi. Migren aksari balogʻatga yetish davrida kuzatiladi. Kasallik xuruji, odatda, asabiylashish natijasida yoki oʻta charchash oqibatida roʻy beradi. Xurujning tutish muddati, … Читать далее

MENORRAGIYA

MENORRAGIYA (yun. men — oy va rhegnymi — yorilaman) — hayz vaqtida har safar odatdagidan koʻra uzoqroq (5 kundan ortiq) va koʻproq qon ketishi. Bachadon muskullarining qisqarish xususiyatini susaytiradigan jarayonlar sabab boʻladi. Bachadonning bir qancha kasalliklarida (bachadon fibromiomasi, raki va b.) kuzatiladi. Giper-menorreya (hayz qonining koʻp kelishi, bunda hayz sikli buzilmaydi), poli-menorreya (hayzning uzoq davom … Читать далее

MAREK KASALLIGI

MAREK KASALLIGI — parrandalarning neyrolimfomatozi, favqulodda paydo boʻladigan va oʻta yuquvchan kontagioz virusli kasallik. Sanoat parrandachiligi rivojlangan barcha davlatlarda keng tarqalgan. Asosan, tovuqlar kasallanadi, lekin kurka, tusto-vuq, bedana va b. parrandalarda ham uchraydi. Oʻtkir kechganda ichki organlar, teri va mushaklarda limforetikulyar toʻqimalarning rivojlanib kupayishi, surunkali kechganda esa periferik nerv tomirlarining zararlanishi, kuz shox pardasining rangi … Читать далее

PROSTATIT

PROSTATIT — prostota bezinnnt yalligʻlanishi. Koʻpincha siydik chiqarish kanali (uretra) yalligʻlanganda, soʻzak, uretrit va b. da infeksiya prostata beziga qon va limfa orqali yoki siydik chiqarish kanalidan oʻtishi na-tijasida kelib chiqadi. Prostatitga sovqotish, koʻp jinsiy aloqa qilish, zax joyda oʻtirish, kam harakat qilish kabi omillar sabab boʻlishi mumkin. Oʻtkir va surunkali boʻladi. Oʻtkir Prostatitda bemor … Читать далее

PATOLOGIK FIZIOLOGIYA

PATOLOGIK FIZIOLOGIYA — kasal organizm (odam va hayvon) ning hayot faoliyati, undagi funksional oʻzgarishlar, kasallikning paydo boʻlishi, avj olishi, kechishi va oqibati qonu-niyatlarini oʻrganadigan fan. P. f. normal fiziologiya, patologik anatomiya, xususiy patologiya bilan chambarchas bogʻlangan. Patologik fiziologiya umumiy va xususiy qismdan iborat. Umumiy qismda kasallik biologik qonuniyat, bir butun organizmning reaksiyasi sifatida oʻrganiladi. Kasallik … Читать далее