POMIDOR

POMIDOR (ital. pomudoro, porno dʻoro — oltin olma) (Lucopersicon) — ituzumdoshlar oilasiga mansub bir va koʻp yillik oʻtsimon oʻsimliklar va yarim butalar turkumi, sabzavot ekini. 3, baʼzi maʼlumotlarga koʻra 7 turi mavjud. Oddiy — yeyiladigan Pomidor (L.eskulentum) jahondagi deyarli barcha mamlakatlarda (ochiq va himoyalangan yerlarda) ekiladi. Jahon boʻyicha ekin maydoni 3,5 mln. ga, hosildorligi 268,6 s/ga, yalpi hosili 95,1 mln. t. (1999). Vatani — Jan. Amerika. Yevropaga 16-a. oʻrtalarida (dastlab Ispaniya, Portugaliya, Italiya-ga) olib kelingan. Oʻrta Osiyoga 18-a. oxirlari — 19-a. boshlarida Rossiya orqali kelgan, bir yillik ekin tar-zida ekiladi.

Pomidor issiktalab va yorugʻsevar, qurgʻoqchilikka chidamli oʻsimlik. Oʻsish uchun eng maqbul harorat 20—25°. Urugʻi 13—15° da 4—5 kunda una boshlaydi. 5—12 barg chiqqanda hosil shoxlari shakllanadi, dastlabki gullari paydo boʻladi. Gullagandan keyin ertapishari 48—53, oʻrtapishari 60—65, kechpishari 68—72 kun va undan koʻproq muddatda pishadi. Harorat 15° dan pastda gullamaydi, 10° dan pastda oʻsishdan toʻxtaydi, 1—2° qorasovuqlarda no-bud boʻladi. Pomidor mevasida (%) quruq moddalar 4,5—8,1, organik kislotalar 3,5 — 8,5, pektin moddalar 0,13—0,23, kand 3—7, shuningdek, mineral tuzlar, S, V, RR vitaminlar bor. Yangiligicha, kon-servalangan, pasta, qoqi va b. holida is-teʼmol kilinadi, Konserva sanoatida Pomidor sharbati, pastasi ishlab chikariladi.

Oʻzbekiston sharoitlarida koʻchatlari parniklarda yetishtirilib, soʻngra dalaga ekiladi. Ertagi Pomidor koʻchati 10—25 apr. da, kechkisi 25 apr. — 10-mayda egatlarga, koʻpincha, ikki qator qilib oʻtqaziladi. Past va guj usadigan navlar kator oraligi 140—160, koʻchat oraligʻi 25—30 sm; baland va yoyiq oʻsadigan navlar qator oraligʻi 180—210, koʻchat oraligʻi 40 sm qilib ekiladi. Past boʻyli navlarini 70×70 sm sxemada kvadrat-uyalab eksa ham boʻladi. Dehqonchilik zonasi, navi va ekish sxemasiga qarab 1 ga maydonga 25— 50 ming tup koʻchat oʻtqaziladi. Koʻpincha koʻchat oʻtqazish oldidan yoki oʻtqazilgandan keyin sugʻoriladi. Qator oralari ishlanadi, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurash olib boriladi. Mavsumda bir necha marta chopiq qili-nadi. Koʻchat oʻtqazilgandan 10—12 kun oʻtgach birinchi, 20—25 kundan soʻng ikkinchi chopiq qilinadi. Meva tukkuncha har 10—12 kunda, yoppasiga pishganda har 3—5 kunda sugʻoriladi. Gektaridan oʻrtacha 250— 300 s (issiqxonalarda 1 m2 dan 12—15 kg) hosil olinadi. Pomidor ekiladigan yerga kuzda gektariga 20 — 30 t goʻng solinadi. Oʻsuv davrida 2—3-marta oʻgʻitlar bilan oziklantiriladi. Oʻzbekistonda Pomidorning ochiq maydonda 25 ga yaqin (Volgograd 5/95, Vostok 36, Namuna 70, Peremoga 165, Sovgʻa, Surxon 142, Toshkent tongi, Uzbekistan, TMK-22, Bahodir, Tristar Gʻ, va b.), issiqxonalarda 10 dan ortiq (Gulqand, Kolibra Gʻ,, Subhidam, Omad Gʻ,, Gamayun va b.) navlari ekish uchun r-nlashtirilgan (2003).

Kasalliklari : virusli kasalliklardan stolbur, zamburugʻli kasalliklardan barglarning qoʻngʻir dogʻlanishi, alternarioz, ildiz chirishi, barglarning oq dogʻlanishi; meva uchining chirishi va b.

Zararkunandalari : buzoqboshilar, simqurtlar, karadrina, poliz tunlami, gʻalla nematodasi va b.

Ad.: Boʻriyev H., Abdullayev A., Tomorqa sabzavotchiligi, T., 1987.

Rafiqjon Hakimov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest
0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x
()
x