PULPIT

PULPITtish boʻshligʻini toʻldi-rib turadigan gʻovak biriktiruvchi toʻqima — pulpanchng yalligʻlanishi. Pulpaga tish chirishi natijasida mikrob kirishi, shuningdek, tishni qon b-n taʼminlaydigan kon tomirlarning jarohatlanishi, tish sinib, pulpaning ochilib qolishi tufayli ham yalligʻlanish roʻy beradi. Turli ki-myoviy moddalar taʼsirida (har xil kislotalar ishlatiladigan korxonalarda ishlaydigan kishilarda) ham Pulpit paydo boʻlishi mumkin. Kasallik koʻpincha toʻsatdan boshlanadi. Tish qattiq ogʻriydi (ovqat chaynash, issiq yoki sovuq taʼsiriga bogʻliq boʻlmagan holda), ogʻriq boshqa tishlar, ensa, quloq, chakkaga ham tarqaladi. Ogʻriqqa pulpa yalligʻlanganda tishning qattiq toʻqimalari ichidagi yumshoq toʻqimalar shishib, pul-padagi nervlarni ezib qoʻyishi sabab boʻladi. Pulpit natijasida pulpa oʻladi, ogʻriq kamayadi, lekin tish oʻz vaqtida davolanmasa, vaqt oʻtishi bilan oʻlgan pulpadagi mikroblar tish kanali orqali tish atrofidagi toʻqimalarga oʻta-di, natijada tish ildizi uchidagi toʻqimalar yalligʻlanib, periodontit kelib chiqadi.

Pulpitni vrach-stomatolog davolaydi. Pulpitning oldini olish chirigan tishlarni oʻz vaqtida davolatishdan iborat, yilda 2-marta vrach-stomatologga koʻri-nib turish maqsadga muvofiqdir.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x