PIROPLAZMOZ

PIROPLAZMOZ — qoramol, ot, choʻchqa va itlarda uchraydigan invazion kasallik. Piroplasma turkumiga mansub qon parazitlari keltirib chiqaradi. Qoʻzgʻatuvchisi oraliq xoʻjayin ishtirokida uning qizil qon tanachalari va ichki parenximatoz organlarida koʻpayadi. Piroplazmozni yaylov kanalari tarqatadi. Mavsumiy kasallik. Kasallangan hayvonda isitma, sariklik, kamqonlik va qon siyish kabi belgilar paydo boʻladi. Echki va qoʻylarda babezioz bilan bir vaktda kechadi. Tashhis qonni lab. tekshiruvlariga koʻra qoʻyiladi.

Davolash: flavakridin, piro-plazmin, gemosporidin, berenil, azi-din va b. dori-darmonlar bilan davolanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x