GIPOFIZAR KAXEKSIYA

GIPOFIZAR KAXEKSIYA (Cachexia hypophysialis) , Simmonds kasalligi — gipotalamus yadrolari shikastlanganda va gipofiztsht oldingi boʻlagida tropgormonlar ishlab chiqarilishi kamayganda yoki butunlay boʻlmaganda kelib chiqadigan kasallik; gipotalamus markazlarining funksional buzilishi; gipotireoz, gipokortitsizm, gipogonadizm bilan ifodalanadi. Asosan jinsiy bezlar va qalqonsimon bez hamda buyrak usti bezi pust qavati faoliyatining yetishmaslik belgilari namoyon boʻladi. Bemor tez orada choʻpustixon … Читать далее

GEMOSPORIDIOZLAR

GEMOSPORIDIOZLAR — uy hayvonlarining qizil qon tanachalarida va retikuloendotelial sistema hujayralarida parazitlik qiluvchi bir hujayrali gemposporidiylar qoʻzgʻatadigan kasallik. G. bilan hamma hayvonlar kasallanishi mumkin. Asosan, kanalar orqali yuqadi. Gemosporidiylar qizil qon tanachalari (eritrotsitlar)da koʻpayib qonni buzadi. Kasal hayvonlar harorati koʻtariladi, mahsuldorligi pasayadi, ichi buziladi. qoni kamayadi, qon aralash siyadi, koʻpchilik hollarda oʻladi. Davosi: G. bilan … Читать далее

GEMIPLEGIYA

GEMIPLEGIYA (gemi… va yun. Piegin — shikastlanish) — gavda oʻng yoki chap yarmining toʻliq falajlanishi. Koʻpincha gipertoniya, ateroskleroz, revmatizm, qand kasalliklarida miyaga qon quyilishi yoki miya qon tomirlarining berkilib qolishi sabab boʻladi. Gemiplegiya miya oʻsmasi, yalliglanishi va jarohatlanishining alomati boʻlishi ham mumkin. Gemiplegiyaga sabab boʻlgan kasallik davolanadi, doridarmomdan tashqari falajlangan oyoq-qoʻl uqalanadi, shifobaxsh fizkultura buyuriladi … Читать далее

BAKTERIOLOGIK QUROL

BAKTERIOLOGIK QUROL, biologik qurol — odamlar, hayvonlar va oʻsimliklarda kasalliklar qoʻzgʻatuvchi, sunʼiy koʻpaytirilgan mikroorganizmlar, hasharotlardan iborat ommaviy qirgʻin vositasi. Bakteriologik qurol asosan kasallik tarqatuvchi mikroorganizmlar (bakteriya, virus, zamburugʻ va b.) yuqtirilgan pashsha, chivin, kemiruvchi hayvonlardan yoki suspenziya va kukunlardan iborat. Chet el harbiy mutaxassislari odamlarga shikast yetkazadigan bakterial vositalarga toun, chin chechak, kuydirgi, tulyaremiya, manqa, … Читать далее

VERMIPSILLYOZ

VERMIPSILLYOZ — hayvonlarda Vermipsyllidae oilasiga mansub burgalar paydo kiladigan invazion kasallik. Asosan qoʻy (qoʻzichoqlarda ogʻir kechadi), echki, yosh boʻtaloqlar kasallanadi. Kasal hayvonlarda tez ozib ketish, parcha-parcha jun toʻkilib ketishi, dermatitlar (terining qizarishi, qichishi), anemiya kuzatiladi. Davosi: sovuq davrda insektitsid dustlar — piretrum, xlorofos va b. ; issiq davrda xlorofos eritmasi, trixlormetafos-3 emulsiyasi purkaladi. Oldini olish: … Читать далее

BUXGOLS EKSPEDITSIYASI

BUXGOLS EKSPEDITSIYASI — Turkistonga josuslik maqsadida yuborilgan harbiy ekspeditsiya. Petr I ning 1714-y. 22 may farmoni bilan tuzilgan. 1715-y. Tobolskdan chiqib, Irtish daryosining yuqori oqimi boʻylab yoʻl olgan 60 kema va 3 ming kishidan iborat ekspeditsiyaga rus ofitseri I. D. Buxgols rahbarlik qilgan. Uning maqsadi Irtish daryosi boʻyiga qalʼa qurish, Amudaryodagi oltin sochmalarni tekshirish va … Читать далее

BURUN QONASHI

BURUN QONASHI — burun boʻshligʻidan qon kelishi. Burunning lat yeyishi yoki shilliq pardasining zararlanishi (tirnalishi, shilinishi, burunni kovlash), organizmning umumiy, asosan, yuqumli kasalliklari (mas, gripp) B. q. ga sabab boʻladi. Yurak, buyrak, jigar, qon yaratuvchi aʼzolar kasallanganda, qon bosimi oshganda ham burun qonaydi. Baʼzan atmosfera bosimi, havo harorati va namligi oʻzgarganda, shilliq pardaga muntazam kimyoviy … Читать далее

BOTULIZM

BOTULIZM (lot. botulus — kolbasa) — odam va hayvonlar (ayrim sut emizuvchilar)da uchraydigan oʻtkir yuqumli kasallik; ovqatdan boʻladigan toksikoinfeksiyalar guruhiga kiradi. Botulizm (Clostridium botulinum) bakteriyalari bilan ifloslangan ovqatlar isteʼmol qilinganda yuzaga keladi. Botulizm qoʻzgʻatuvchilari tabiatda keng tarqalgan boʻlib, chidamli (sporali) va chidamsiz (vegetativ) xillari uchraydi. Sporalari tashqi muhitda yillab saqlanishi mumkin; sporalar tuproqdan suv, meva, … Читать далее