PROKTOLOGIYA

PROKTOLOGIYA (yun. proktos — toʻgʻri ichak va…logiya) — tibbiyotning bir boʻlimi. Toʻgri ichak, anal kanali va oraliq sohasi kasalliklarining etiologiyasi, patogenezi, morfologiyasi, fiziologiyasi, diagnostikasi va davolash usullarini oʻrganadi.

Tibbiyotning soʻnggi yillarda tez rivojlanishi tufayli Proktologiya faqat toʻgʻri ichak, anal kanali va oraliq sohasi kasalliklarini (bavosir, oʻtkir va surunkali paraproktitlar, ichak oqmalari, anal sfinkteri yetishmasligi va b.) oʻrganish b-n chegaralanib qolmay, yoʻgʻon ichakning yuqori qismi, yaʼni chambar ichak kasalliklarini xam oʻrga-na boshladi. Chunki nospetsifik yarali kolit, Kron kasalligi, oilaviy adenomatoz, yoʻgʻon ichak oʻsmalari, qabziyat va b. kasalliklar ayni vaqtda toʻgʻri ichakni ham, chambar ichakni ham zararlaydi. Amerika, Yevropa davlatlari va Rossiyada «proktologiya» fanining «koloproktologiya» deb atalishining bo-isi ham ana shunda. 10-kasalliklarning xalqaro tasnifiga (MKB-1) binoan, koloproktologiya fani 200 dan ortiq kasallik va sindromlarni oʻrganadi.

Toʻgʻri va chambar ichak kasalliklarini oʻrganish qadimdan maʼlum boʻlib, Gippokrat, Abu Ali Ibn Sino va b. oʻz asarlarida bu kasalliklarni batafsil yoritishgan.

Oʻzbekistonda Proktologiya fani 20-a. ning 60-y. larida rivojlana borib, bunga 3. Nizomov, E. Joʻrayev va b. olimlar katta hissa qoʻshdilar. 20-a. ning 80-y. laridan esa koloproktologiya mustaqil fan va aloxida mutaxassislik sifatida rivojlana boshladi. Bunda Oʻ. Oripov, S. Navruzov kabi olimlarning xizmatlari katta boʻldi. Hoz. Oʻzbekistonning barcha viloyat markazlarida ixtisoslashgan boʻlimlar mavjud. Toshkent shahrida esa Respublika kolo-proktologiya ilmiy markazi faoliyat koʻrsatadi.

Sarimbek Navruzov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x