MEVALI DARAXTLARNI YoSHARTIRISH

MEVALI DARAXTLARNI YoSHARTIRISH — yangi novdalar oʻsib chiqishi uchun daraxtlarning eski va qurigan shoxlarini kesish; daraxt umrini uzaytirish va hosil berishini tiklash usullaridan biri. Mevali daraxtlar kariganida, asosiy shoxlarini tiklash, novdalarining oʻsishini tezlashtirish hamda meva hosil qiluvchi organlarini shakllantirish maqsadlarida qoʻllaniladi. Koʻpgina 25—30 yoshdagi olma, nok, 15—20 yoshdagi oʻrik, 8—12 yoshdagi olxoʻri, gilos va b. … Читать далее

MAHTUMQULI

MAHTUMQULI (taxallusi Firogʻiy; 1733, Gurgan daryosi sohilidagi Hoji-govshan qishlogʻi — 1791) — turkman shoiri va mutafakkiri. Otasi Davlatmamat Ozodiy (1700—1760) ham shoir boʻlgan. Mahtumquli boshlangʻich taʼlimni oilada oʻz otasidan olgan. Soʻng qishlok maktabida Niyozsolih mulla qoʻlida oʻqigan. Dastlab M. Xalach atrofining Qiziloyoq qishlogʻidagi Idrisbobo madrasasida, keyinchalik Buxoroning Koʻkaldosh, Xivaning Shergoziy madrasalarida tahsil olgan. Nizomiy, Firdavsiy, … Читать далее

MESHCHYORA PASTTEKISLIGI

MESHCHYORA PASTTEKISLIGI, Meshchyora tekisligi, Meshchyo-r a — Oka va Sudogda daryolaridan shi-m. dagi pasttekislik. Bal. 80 m dan 130 m gacha. Meshchyora pasttekisligi muzlik davri yotqiziklaridan hosil boʻlgan qad. allyuvial tekislik. Iqlimi moʻtadil kontinental. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi —10°, — 11°, iyulniki 18°. Yillik yogʻin miqdori 450—550 mm. Daryolari: Buja, Sna, Polya, Gus, Pra. Tuprogʻi … Читать далее

PALERMO

PALERMO — Italiyadagi shahar va port. Sitsiliya viloyati va Palermo provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 652,6 ming kishi (2001). Iqtisodiy ahamiyati jihatidan mamlakat jan. da Neapoldan keyin 2-oʻrindagi shahar. Tirren dengizi sohilidagi port (chetga sitrus mevalar chikariladi). Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Kemasozlik va kema taʼmirlash, samolyotsozlik, q. x. mashinasozligi, kimyo, yogʻochsozlik, sement, oziq-ovqat, toʻqimachilik, poyabzal, poʻlat … Читать далее

PALEOGEN SISTEMASI

PALEOGEN SISTEMASI (DAVRI) (yun. palaios — qadimgi va genos — tugʻilish, yoshi) — Yer tarixi kaynozoy eratermasinint boshlanish davri. Paleogen sistemasi s taxm. 65—66 mln. yil muqaddam boshlanib, 40—42 mln. yil davom etgan. Paleogen sistemasi yotqiziqlari Yer yuzida keng tarqalgan boʻlib, Amerika, Yevropa, Shim. Amerikaning anchagina qismini qoplab yotadi. Paleogen sistemasida yirik tektonik harakatlar boʻlib … Читать далее

PALADE

PALADE (Palade) Jorj Emil (1912.19.11, Yassi sh., Ruminiya) — amerikalik biokimyogar (millati rumin). 1946-y. dan AQSHda. Asosiy ishlari hujayralarning ultratuzilishini elektron-mikroskop ostida tekshirishga oid. Ilk bor ribosomalar va mitoxondriyalarpm taʼriflab berdi (1953). Nobel mukofoti laureati (1974, K. R. De Dyuv va A. Klod bilan hamkorlikda). Пост Навигацияси

MIKROORGANIZMLAR

MIKROORGANIZMLAR — asosan, bir hujayrali mikroskopik tirik mavjudotlarning katta guruhi. Mikroorganizmlarga bakteriyalar, aktinometsitlar, achitqilar, mogʻor zamburugʻlari, mikroskopik suvoʻtlar va b. kiradi. Mikroorganizmlar prokariotlar (hujayrasida yadro va xromosoma apparati yoʻq organizmlar) va eukariotlar (hujayrasida sitoplazma va membrana bilan ajratilgan yadrosi bor bir yoki koʻp hujayrali organizmlar)ga boʻlinadi. Mikroorganizmlar tabiat (tuproq, suv, oʻsimlik qoldiqlari va b.)da keng … Читать далее

MIKNAS

MIKNAS, Meknes, Miknas ulzaytun — Marokashning shim,-gʻarbiy qismidagi shahar, Oʻrta Atlas togʻlari etagidagi platoda joylashgan. Miknas viloyatining maʼmuriy markazi. Aholisi 460 ming kishidan ziyod (1990y. lar oʻrtalari). T. y. stansiyasi, shosse yoʻllari tutuni. Mamlakat shim.gʻarbiy qismining muhim iqtisodiy va q. x. rayonining savdo markazi. Oziqovqat, toʻqimachilik, yogʻochsozlik sanoati korxonalari, sement z-di mavjud. Hunarmandchilikda quyma sopol … Читать далее

MEHRIGIYOH

MEHRIGIYOH, mandragora (Mapdragora) — ituzumdoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻtlar turkumi. Barglari yirik, tuxumsimon, yaxlit, boʻyi 80 sm cha. Gullari sargʻish-yashil, zan-gori, binafsha yoki oq, yakka. Mevasi — toʻq sariq, dumaloq, yirik rezavor-meva. Oʻrta dengiz sohillari va Himolay hududida 5 turi, Turkmanistonda bir turi usadi. Organlari tarkibida alkaloidlar (giossiamin, skopolamin va b.) bor. Undan tayyorlanadigan … Читать далее

MEʼDA SHIRASI

MEʼDA SHIRASI — meʼda (oshqozon) shilliq pardasining turli bez hujayralaridan ishlanib chiqadigan ovqat hazm qilish shirasi; rangsiz, tiniq, nordon suyuklik. Unda xlorid kislota va bir qator mineral tuzlar, shuningdek, fermentlar (asosan, pepsin va b.) bor. Odam M. sh. dagi xlorid kislota konsentratsiyasi 0,4—0,5% ga teng. Xlorid kislota ovqatni oʻzlashtirishda muhim rol oʻynaydi. U ovqat luqmalarini … Читать далее