MIKNAS

MIKNAS, Meknes, Miknas ulzaytun — Marokashning shim,-gʻarbiy qismidagi shahar, Oʻrta Atlas togʻlari etagidagi platoda joylashgan. Miknas viloyatining maʼmuriy markazi. Aholisi 460 ming kishidan ziyod (1990y. lar oʻrtalari). T. y. stansiyasi, shosse yoʻllari tutuni. Mamlakat shim.gʻarbiy qismining muhim iqtisodiy va q. x. rayonining savdo markazi. Oziqovqat, toʻqimachilik, yogʻochsozlik sanoati korxonalari, sement z-di mavjud. Hunarmandchilikda quyma sopol va teridan turli buyumlar tayyorlanadi. Musulmonlar sanʼati, xalq sanʼati muzeylari bor. Shaharga 11-a. da barbarlar qabilasi tomonidan asos solingan. 17—18-a. larda mamlakat poytaxti boʻlgan. Meʼmoriy yodgorliklardan 13 — 18-a. larda qurilgan Katta masjid va Madrasa, saroy saqlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x