MEHRIGIYOH

MEHRIGIYOH, mandragora (Mapdragora) — ituzumdoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻtlar turkumi. Barglari yirik, tuxumsimon, yaxlit, boʻyi 80 sm cha. Gullari sargʻish-yashil, zan-gori, binafsha yoki oq, yakka. Mevasi — toʻq sariq, dumaloq, yirik rezavor-meva. Oʻrta dengiz sohillari va Himolay hududida 5 turi, Turkmanistonda bir turi usadi. Organlari tarkibida alkaloidlar (giossiamin, skopolamin va b.) bor. Undan tayyorlanadigan pre-paratlar organizmdagi ogʻriqni qoldirish uchun ishlatiladi.

Oʻzbekistonda dorivor oʻsimlik sifatida Oʻzbekiston FA Botanika ilmiy i. ch. markazining botanika bogʻida oʻstiriladi. Uni koʻpaytirish yoʻllari ishlab chiqilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x