MIKROORGANIZMLAR

MIKROORGANIZMLAR — asosan, bir hujayrali mikroskopik tirik mavjudotlarning katta guruhi. Mikroorganizmlarga bakteriyalar, aktinometsitlar, achitqilar, mogʻor zamburugʻlari, mikroskopik suvoʻtlar va b. kiradi. Mikroorganizmlar prokariotlar (hujayrasida yadro va xromosoma apparati yoʻq organizmlar) va eukariotlar (hujayrasida sitoplazma va membrana bilan ajratilgan yadrosi bor bir yoki koʻp hujayrali organizmlar)ga boʻlinadi. Mikroorganizmlar tabiat (tuproq, suv, oʻsimlik qoldiqlari va b.)da keng tarqalgan. 1 g tuproq yoki suv osti gruntida 2—3 mlrd. gacha Mikroorganizmlar boʻladi. Mikroorganizmlarning oʻlchami turlicha boʻlib, ular mikronning oʻndan bir qismidan bir necha mikrongacha. Mikroorganizmlarning fiziologikmorfologik xususiyatlari va hayot sikli har xil. Koʻpgina Mikroorganizmlar bir hujayrali, baʼzilari, mas, mogʻor zamburuglari koʻp xujayrali iplar (mitseliy)ga ega. Mikroorganizmlar, odatda, xlorofillsiz, ammo baʼzilarida bakterioxlorofill va xlorofill bor. Koʻpchiligi boʻlinib, baʼzilari kurtaklanib, shuningdek, konidiya va sporalar hosil qilib koʻpayadi. Kasallik qoʻzgʻatuvchi Mikroorganizmlar xam mavjud. Mikroorganizmlar tashqi muhitning har xil omillari taʼsiriga juda chidamli. Mikroorganizmlar tabiatda moddalar aylanishida katta rol oʻynaydi. Mikroorganizmlar oʻsimlik va hayvon qoldiqlarini parchalab, yashil oʻsimliklar oʻzlashtirishi mumkin boʻlgan mineral birikmalar (mas, karbonat angidrid gazi, ammiak va b.)ga aylantiradi. Azot toʻplovchi Mikroorganizmlar va tuganak bakteriyalari molekulyar azotni yigʻish xususiyatiga ega. Mikroorganizmlar fosfor, azot, uglerod, oltin-gugurt, temir va b. ning tabiatda aylanishida ishtirok etadi. Bundan tashq-ari, tuprokda koʻpayib, soʻng nobud boʻlib, uni organik moddalarga boyitadi. Mikroorganizmlar hayot faoliyati natijasida tuproq unumdorligi ortadi (yana q. Mikroflora).

Abdukarim Zikiryoyev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x