MAHTUMQULI

MAHTUMQULI (taxallusi Firogʻiy; 1733, Gurgan daryosi sohilidagi Hoji-govshan qishlogʻi — 1791) — turkman shoiri va mutafakkiri. Otasi Davlatmamat Ozodiy (1700—1760) ham shoir boʻlgan. Mahtumquli boshlangʻich taʼlimni oilada oʻz otasidan olgan. Soʻng qishlok maktabida Niyozsolih mulla qoʻlida oʻqigan. Dastlab M. Xalach atrofining Qiziloyoq qishlogʻidagi Idrisbobo madrasasida, keyinchalik Buxoroning Koʻkaldosh, Xivaning Shergoziy madrasalarida tahsil olgan. Nizomiy, Firdavsiy, Fuzuliy, Navoiy singari mashhur sho-irlar ijodidan bahramand boʻlgan. Zargarlik b-n shugʻullangan. Afgʻoniston, Eron, Hindiston, Ozarbayjon, Samarqand, Turkiston kabi bir kancha shaharlarga sayohat kilgan. Mahtumqulining oilaviy sharoiti xususida har xil rivo-yatlar bor. Mahtumqulishunoslar M. Menglixon ismli kizni chin dildan sevganini, birok ularning turmush qurishiga imkon boʻlmaganini yozadilar.

Mahtumquli bir kancha lirik sheʼrlar, lirikepik dostonlar, gʻazal va muxammaslar yozgan. Bizgacha uning lirik, falsafiy, pandnasihat xarakteridagi 10 ming miyeradan ortiq sheʼrlari yetib kelgan. Mahtumquli sheʼrlarida turkman xalqining hayoti, urf-odatlari, oʻz davrining muhim ijtimoiysiyosiy hodisalari, shoirning ichki kechinmalari teran ifoda etilgan («Boʻlmasa», «Kelgay», «Bilan», «Naylayin», «Yetmas», «Bular», «Ketdi zamona» va b.). Asarlarida turkman urugʻlarini birlashishga chaqirgan. Ular oʻrtasidagi nizojanjallarni tugatishga uringan («Taka, yovmut, koʻklang, yozir, alili — Bir davlatga qullik kilsak beshimiz…»).

Mahtumqulining ishq-muhabbat mavzuidagi sheʼrlari ham ohangdorligi, chukur falsafiy mohiyati bilan ajralib turadi. Shoirning hayot va oʻlim, inson va borliq, goʻzal insoniy fazilatlar va odob-axloqqa oid sheʼrlarida islom dini hamda tasavvufiy karashlar taʼsiri yaqqol seziladi («Mahtumkuli, shukr et sen Xudoga, Oʻlim barobardir shohu gadoga…»).

Koʻp sheʼrlariga Qurʼoni Karim oyatlari, hadisi sharifning maz-munmohiyati singdirilgan. Shoir sheʼrlarida paygʻambarlar, Bahouddin Naqshband, Ahmad Yassaviy singari ulugʻ zotlar juda koʻp tilga olinadi. Shuningdek, Allohga munojot, Rasululloh (sav)ga murojaat ohanglari Mahtumquli sheʼriyatining eng asosiy tamoyillaridan biridir («Riyodan, yo Rab», «Sochdi Muhammad», «Yo Rasul» va b.).

Mahtumquli uslubida xalq ogʻzaki ijodiga yaqinlik bor. Mahtumquli turkman xalqining maqol va matallarini, xalqtiliga xos ayrim unsurlarni adabiyotga olib kirishda katta xizmat qilgan. Shoirning purmaʼno misralari turkman millatining hikmatli soʻzlari, aforizmlar qatoridan oʻrin olgan. Mahtumquli ijodi Yevropa va rus sharqshunoslari, turkman va oʻzbek olimlari tomonidan tadqiq etilgan; qiyosiy oʻrganilgan. Xususan, Navoiy ijodining Mahtumquliga taʼsiri va b. adabiy taʼsir masalalari tekshirilgan (S. Qoriyev, «Navoiy va Mah-tumquli», «Mahtumquli va Islom shoir», «Mahtumquli sheʼrlari asosida yaratilgan oʻzbek xalq qoʻshiklari» va b.).

Mahtumquli sheʼriyati barcha turkiy millatlar, jumladan, oʻzbeklarning ham maʼnaviy mulkiga aylangan. Bir necha marta sheʼrlari oʻzbek tiliga tarjima qilinib, nashr etilgan. Koʻplab sheʼrlari hofizlar tomonidan kuyga solib aytiladi. Mahtumquli haqida kinofilm, spektakl va badiiy asarlar yaratilgan.

As: Tanlangan asarlar, T., 1963; Mahtumquli sheʼriyatidan, T., 1976; Saylanma, T., 1995; Turkman mumtoz sheʼriyati durdonalari, Urganch, 2000.

Ad.: Quramboyev K., Oʻzbek-turkman adabiy aloqalari, T., 1978.

Bahodir Karimov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x