PALERMO

PALERMO — Italiyadagi shahar va port. Sitsiliya viloyati va Palermo provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 652,6 ming kishi (2001). Iqtisodiy ahamiyati jihatidan mamlakat jan. da Neapoldan keyin 2-oʻrindagi shahar. Tirren dengizi sohilidagi port (chetga sitrus mevalar chikariladi). Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Kemasozlik va kema taʼmirlash, samolyotsozlik, q. x. mashinasozligi, kimyo, yogʻochsozlik, sement, oziq-ovqat, toʻqimachilik, poyabzal, poʻlat quyish, poligrafiya, tamaki, elektrotexnika sanoati korxonalari mavjud. Palermo — turizm markazi, kishki kurort. Har yili xalqaro yarmarkalar oʻtkaziladi. Un-t (1777), Nafis sanʼat akademiyasi, konservatoriya, rasadxona, Milliy galereya, arxeologiya, milliy, etnografiya va b. muzeylar, botanika bogʻi, opera va drama teatrlari bor. Shaxarga mil. av. 8-a. da finikiyaliklar tomonidan asos solingan. 14 — 16-a. larga oid meʼmoriy yodgorliklari saqlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x