GALOGEN JINSLAR

GALOGEN JINSLAR — xemogen choʻkindi jinslar. Arid iqdimda quriyotgan dengiz havzalarida, lagunalarda va shoʻr suvli koʻllarda toʻyingan eritmalardan galogenez jarayonida kristallanadi. Tabiatda keng tarqalgan choʻkindi jinslarning asosiylaridan hisoblanadi. Galogen jinslarga galitdan tashkil topgan galitli, silvinli hamda karnallitli (karnallit, galit), gipsli (gips), astraxanitli (astraxanit, galit), sodali (tabiiy soda, mirabilit), koʻp mineralli (lanbeynit, kainit, kizerit, silvin, galit, … Читать далее

GALEN PREPARATLARI

GALEN PREPARATLARI (Praeparata galenica, s, Galenica) — oʻsimliklar (ildizi, bargi, guli, poʻstlogʻi va b.), minerallar va hayvonlar xom ashyosini qayta ishlab olinadigan dorilar. Kds. Rim vrachi Klavdiy Galen nomi bilan yuritiladi. Fakat Galen davrida emas, balki hozir ham turli farmatsevtik usullar bilan tayyorlangan har xil dorilar Galen preparatlari deb ataladi. Koʻpchilik Galen preparatlari xom ashyodan, … Читать далее

VELUM

VELUM (lot. velum — yelkan) — ayrim umurtqasiz hayvonlarning harakatlanish organi. Gidromeduzalar va sifonoforalarning meduozoid zooidlarida bu organ ektodermaning soyabon chetida joylashgan muskulli burmasi hisoblanadi. Bunday burmalar tananing ichki tomoniga yoʻnalgan. Meduza tanasi va Velum qisqarganida suv soyabondan surib chiqarilishi tufayli meduza aboral tomoni bilan oldinga harakat qiladi. Kubomeduzalarning analogik organi velyarium, qorinoyoqlilar va ikki … Читать далее

BOʻSTON SANATORIYSI

«BOʻSTON» SANATORIYSI — balneologik kurort. Toshkent sh. dan 30 km uzoqlikda, Chirchiq sh. da, dengiz sathidan 550 m balandlikda joylashgan. Mayd. 37,5 ga. Shundan 16 ga mevali bogʻ va manzarali daraxtzorlardan iborat. Iqlimi kontinental: qishi yumshoq, yozi issiq, yanv. ning oʻrtacha t-rasi —1,5°, iyulniki 25°, nisbiy namligi 55%, quyoshli kunlar davomliligi yiliga 2700 soat. Davolash … Читать далее

VEGETATSION SUGʻORISH

VEGETATSION SUGʻORISH — oʻsuv davrida tuprokda optimal namlik yaratish uchun ekinlarga suv quyib turish. Bu davrdagi suv berish soni va muddatlari tuprokdagi namlik zahirasi, oʻsimlikning rivojlanish fazasi, sugʻorish maqsadlariga bogʻliq. Ekinni undirib olish, oʻgʻitlashdan keyingi (oʻgʻitni eritish maqsadlaridagi), sovuq urishdan saqlash uchun sugʻorishlar ham Vegetatsion sugʻorish sra kiradi (yana q. Sugʻorish). Пост Навигацияси

BOʻRAGANSOY

BOʻRAGANSOY — Turkiston tizmasining shim. yon bagʻridagi soy. Shahriston dovonidan boshlanib, shim. yoʻnalishda oqadi va Xovos t. y. stansiyasiga yetmasdan, 4 km shim. sharqda tugaydi. Boʻragansoy boshlanishida Oltinkoʻlsoy, yuqori oqimida Boʻragansoy, oʻrta oqimida Shahristonsoy, quyi oqimida Sarmichsoy, Shoʻrbuloqsoy deb ham ataladi. Uz. 92 km, havzasining mayd. 712 km2. B. ning umumiy uz. 40 km boʻlgan … Читать далее

GAZ KONLARI

GAZ KONLARI — Yer poʻstining maʼlum bir qismidagi aniq tektonik strukturada joylashgan tabiiy gaz uyumlari. Tabiiy gazlar alohida gaz koni holida yoki neft bilan birga (neft-gaz konlari) uchraydi. Gaz konlari koʻp tabaqali va bir tabaqali konlarga boʻlinadi. Koʻp tabaqali Gaz konlari kesmasida bir maydonda turli chuqurlikda ustma-ust joylashgan bir qancha gaz uyumlari boʻladi. Gaz konlari … Читать далее

GAZ ALMASHINUVI

GAZ ALMASHINUVI — nafas olish, fotosintez va b. jarayonlarda gazlarning organizm bilan tashqi muhit oʻrtasida almashinuvi. Organizm nafas xarakatlari vaqtida kislorod olib, karbonat angidrid, moddalar almashinuvining boshqa gazsimon mahsulotlari va suv bugʻini chiqaradi; bu deyarli barcha organizmdagi moddalar almashinuvi jarayonining zarur holati. Kislorodsiz dissimilyatsiya jarayoni sodir boʻlishi mumkin emas. Shuning uchun organizm isteʼmol qilgan kislorod … Читать далее

GAGARALAR

GAGARALAR (Gaviiformes) — qushlar-ning bir turkumi. 5 turi: qiziltomoq gagara (G. stellata), qoratomoq gagara (G. arctica), oqboʻyinli gagara (G. pacifi ca), oq tumshuqli gagara (G. adamsii), qutb gagarasi (G. immer) mavjud. Nisbatan yirik qushlardan. Ogʻirligi 1 kg dan 6,4 kg gacha. Suv muhitida yashashga juda yaxshi moslashgan. Hayotining asosiy qismini suvda oʻtkazadi, koʻpayish uchun quruqlikka … Читать далее

BURGʻI QUDUGʻI

BURGʻI QUDUGʻI — yer qatlamlarini oʻrganish va ulardagi foydali qazilmalarni, mineral yoki chuchuk suvlarni aniqlash va ularni chiqarib olish uchun, shuningdek kavlanadigan quduq. B. q. yer yuzasida, yer osti togʻ inshootlarida burgʻi qurilmasi yordamida shpur kavlash uchun turli burchak ostida parmalanadi. Burgʻi qudugʻining ogʻzi, tubi (zaboy) va stvoli boʻladi. Burgʻi qudugʻi diametri, odatda, 59 — … Читать далее