GAGARALAR

GAGARALAR (Gaviiformes) — qushlar-ning bir turkumi. 5 turi: qiziltomoq gagara (G. stellata), qoratomoq gagara (G. arctica), oqboʻyinli gagara (G. pacifi ca), oq tumshuqli gagara (G. adamsii), qutb gagarasi (G. immer) mavjud. Nisbatan yirik qushlardan. Ogʻirligi 1 kg dan 6,4 kg gacha. Suv muhitida yashashga juda yaxshi moslashgan. Hayotining asosiy qismini suvda oʻtkazadi, koʻpayish uchun quruqlikka chiqadi, ammo yerda yura olmaydi. Gagaralar dengiz qushidir. Chuchuk suvli havzalarda migratsiya va urchish davrida uchraydi. G. Shim. yarim sharning sovuq va moʻtadil mintaqalarida tarqalgan. Koʻpayish davrida Osiyo, Yevropa hamda Shim. Amerikaning tundra va oʻrmon zonalarida yashaydi. Koʻpincha 2 ta tuxum qoʻyadi. Tuxumlarni modasi va nari navbat b-n 24—29 kun bosadi. Tuxumdan chiqqan joʻjalar suvga tushib suzib ketadi. Asosan mayda baliqpar bilan oziqlanadi. Oʻzbekistonda qiziltomoq va qoratomoq Gagaralar qishlash va uchib oʻtish davrida ahyonahyonda uchraydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x