BOʻSTON SANATORIYSI

«BOʻSTON» SANATORIYSI — balneologik kurort. Toshkent sh. dan 30 km uzoqlikda, Chirchiq sh. da, dengiz sathidan 550 m balandlikda joylashgan. Mayd. 37,5 ga. Shundan 16 ga mevali bogʻ va manzarali daraxtzorlardan iborat. Iqlimi kontinental: qishi yumshoq, yozi issiq, yanv. ning oʻrtacha t-rasi —1,5°, iyulniki 25°, nisbiy namligi 55%, quyoshli kunlar davomliligi yiliga 2700 soat. Davolash maqsadida kam minerallashgan termal (42°), sulfatkalsiy natriyli kuchsiz ishqorli azotli suv vannalar va ichish uchun, Jizzax viloyati Zomin tumani «Baliqli koʻl»dan olib kelinadigan balchiqdan galvanik balchiq, parafin va ozokerit koʻrinishida foydalaniladi. Bundan tashqari, fizioterapiya, massaj, iqlim bilan davolash usullari ham qoʻllaniladi. Sanatoriyda qon aylanish aʼzolari, nerv sistemasi, ginekologik va urologik kasalliklari bor kishilar davolanadi. 400 oʻringa moʻljallangan yotoq korpuslari (bir va ikki oʻrinli), klub, kutubxona, sauna, fitobar mavjud.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x