GALEN PREPARATLARI

GALEN PREPARATLARI (Praeparata galenica, s, Galenica) — oʻsimliklar (ildizi, bargi, guli, poʻstlogʻi va b.), minerallar va hayvonlar xom ashyosini qayta ishlab olinadigan dorilar. Kds. Rim vrachi Klavdiy Galen nomi bilan yuritiladi. Fakat Galen davrida emas, balki hozir ham turli farmatsevtik usullar bilan tayyorlangan har xil dorilar Galen preparatlari deb ataladi. Koʻpchilik Galen preparatlari xom ashyodan, uni suv, spirt, efir yoki spirt b-n suv, efir bilan spirt aralashmalari vositasida ekstraksiya qilib olinadi. Boshqalari esa, odatda, biror dorivor moddaning suv, spirt yoki yogʻdagi eritmasidan iboratdir. Galen preparatlarining asosiy guruxlari: ekstraktlar, nastoykalar, xushboʻy suv va spirtlar, sharbatlar, eritmalar, sovunli spirtlar, sovunkrezolli preparatlar va h. k. Zamonaviy shifobaxsh preparatlar (pepsin, tireoidin, aloy, kora smorodina ekstraktlari, allilsat va b.) G. p. sirasiga kiradi.

Neogalen (novogalen) preparatlari oʻsymlik xom ashyosidan tayyorla-nib, ballast moddalardan mumkin qadar tozalangan va biologik jihatdan standartlantan aloxida Galen preparatlari dir. Bularni inyeksiya (mas, teri osti ga yuborish) uchun ishlatsa boʻladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x