MOYLISUV

MOYLISUV — Fargʻona vodiysidagi dare (suvi tarkibida neft bulganidan dare Moylisuv deb atalgan). Fargʻona tizmasidagi Boyboshota togʻining shim.-gʻarbiy yon bagʻridagi Katmonkoʻl kulidan (4000 m), Kerey nomi bilan boshlanadi. Sarasuvsoy, Mustu, Samandiq, Saribiya, Asivaz soylari bilan qoʻshilib Moylisuvni qosil qiladi. Uz. 87 km, eng yirik irmogʻi bilan 107 km. Havzasi 748 km2. M. yuqori oqimida Koʻprikboshi … Читать далее

MIROB

MIROB — suv taqsimoti va sugʻorish tarmoqlarini nazorat qiluvchi shaxs. Qadimdan Oʻrta Osiyoda dare vodiylari va dehqonchilik vohalarida sugʻorish tarmoqlarining bosh toʻgʻonlarini tiklash, sohillar boʻylab dambalar oʻrnatish, sugʻorish tarmoqlarini loyqadan tozalash, suvni navbat bilan taqsimlash, ortiqcha suv va zaxoblarni zaxkashlar orqali partovlarga chikarib yuborish kabi barcha suv xoʻjaligi ishlari irrigatsiya va melioratsiyani yaxshi bilgan tajribali … Читать далее

MEN QOʻLTIGʻI

MEN QOʻLTIGʻI — Atlantika okeanidagi qoʻltiq, AQSH va Kanadaning sharqiy qirgʻoklaRiDa – Shim.sharqda Yangi Shotlandiya va jan.-gʻarbda Keyp-Kod ya. o. lari bilan chegaralangan. Mayd. 95 ming km2. Chuq. 227 m. Shim.sharqida Fandi qoʻltigʻi boʻlib, bu yerda suv koʻtarilishi 18 m gacha (dunyoda eng yuqori). Asosiy portlari: Boston va Portlend (AQSH), Sent-Jon (Kanada). Пост Навигацияси

MUHANDISLIK QOʻSHINLARI

MUHANDISLIK QOʻSHINLARI — barcha qoʻshin turlarining jangovar harakatlariga yordam beradigan muhandislik inshootlari va vositalarini barpo etuvchi maxsus qoʻshinlar. Dastlab Fransiyada 17-a. da, Rossiyada 18-a. boshida paydo boʻlgan. Zamonaviy qoʻshinlarda Muhandislik qoʻshinlari muhandislik sapyorlik (sapyor), muhandislik-yoʻl, ponton-koʻprik quruvchi, muhandisquruvchilik, kechib oʻtuvchidesant va b. birlashma, qism va boʻlinmalardan tarkib topgan. Hozirda Muhandislik qoʻshinlari quruklikdagi qoʻshinlarning jangovar harakatlarini … Читать далее

MINA QIDIRGICH

MINA QIDIRGICH — daryo va dengizda suv tagiga, quruqlikda yerga qoʻyilgan (koʻmilgan) metall minalarni topish uchun moʻljallangan radioelektron va elektromagnit qurilma; mina maydonini razvedka qilishning asosiy vositasi. Birinchi marta harbiy muhandis B. Ya. Qudimov 1939-y. yaratgan. Mina qidirgich q – buklama tayoqcha mahkamlangan qidirgich-panjara, elektr toki bilan taʼminlab turuvchi batareya, quloqqa tutiladigan telefon va birlashtiruvchi … Читать далее

MIKORIZA

MIKORIZA (yun. mykes va rhiza — ildiz) , zamburugʻildiz — zamburugʻ mitseliysining yuksak oʻsimliklar ildizi bilan oʻzaro simbiozi (birgaliqda yashashi). Ektotrof (tashqi) va endotrof (ichki) Mikoriza bor. Ektotrof Mikorizada zamburugʻ yosh ildizlarning ustki toʻqimasi uchlariga oʻralib, poʻstloqning tashqi qatlamlaridagi hujayra oralariga kiradi. Endotrof Mikorizada mitseliy hujayralar ichiga kiradi. Ektotrof Mikoriza koʻpchilik daraxtlar (eman, archa, qayin), … Читать далее

MOXORA

MOXORA, noʻxat shoʻrva — suyuq taom. Qoʻy yoki mol goʻshtini boʻlaklarga boʻlib, suyaklari chopiladi, qozonga sovuq suv quyib, ivitib qoʻyilgan noʻxat b-n birga 1,5 soat davomida mildiratib qaynatiladi. Qaynab chiqqach, yuzidagi koʻpigini olib, toʻgʻralgan piyoz, butun yoki boʻlaklarga boʻlingan sabzi bilan kartoshka solinadi, qaynatish sust olovda davom ettiriladi. Tuzini rostlab, har bir kosaga bir boʻlakdan … Читать далее

MIS SULFAT

MIS SULFAT, mis kuporosi, toʻtiyoyi, CuSO4 — tiniq kristall modda. Suyuklanish t-rasi 200°, zichligi 3,603 g/ sm3. Kizdirilganda (650° atrofida) parchalanadi: CuSO4= CuO+SO2+ʻ/2O2. Suvda yaxshi eriydi. Suvli eritmalaridan CuSO45H2O — mis kuporosi kristallanadi (rangi och koʻk), u 105° dan yuqori t-rada ikki molekula suv yoʻqotib CuSO43H2O (zan-gori rang)ga, 150° da monogidrat CuSO4H2O ga aylanadi. 250° … Читать далее

MALDIV

MALDIV (Dhivehi Rajjge) , Maldiv Respublikasi (Dhivehi Rajjeyge Jumhooriyya) — Jan. Osiyoda, Hind oke-anining shim.-gʻarbiy qismidagi Maldiv o. larida joylashgan davlat. Shri Lanka o. ningjan. garbida. Mayd. 298 km2. Aholisi 310,7 ming kishi (2001). Poytaxti — Male sh. Maʼmuriy jihatdan 20 orollar guruhiga boʻlinadi. Davlat tuzumi. Maldiv — respublika. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibida. Amaldagi … Читать далее

MATERIYA

MATERIYA (lot. materia — modda) — borliqning moddiy shaklini ifodalovchi umumiy tushuncha. Olamda «umuman odam» boʻlmaganidek «umuman Materiya» ham boʻlmaydi, balki Materiyaning anik, koʻrinishlari uchraydi. Shu tarzda fikr yuritgan faylasuflar barcha moddiy obyektlarga xos xususiyatlarni umumlashtirib ifodalash uchun Materiya tushunchasini qoʻllashgan. Materiya tushunchasini moddiy olamning substrati (asosi) sifatida Platon va Aristotel ishlab chiqqan, shu b-n … Читать далее