BURGʻI QUDUGʻI

BURGʻI QUDUGʻI — yer qatlamlarini oʻrganish va ulardagi foydali qazilmalarni, mineral yoki chuchuk suvlarni aniqlash va ularni chiqarib olish uchun, shuningdek kavlanadigan quduq. B. q. yer yuzasida, yer osti togʻ inshootlarida burgʻi qurilmasi yordamida shpur kavlash uchun turli burchak ostida parmalanadi.

Burgʻi qudugʻining ogʻzi, tubi (zaboy) va stvoli boʻladi. Burgʻi qudugʻi diametri, odatda, 59 — 1000 mm, chuqurligi bajaradigan vazifasiga qarab har xil boʻladi. Togʻ jinslari oʻpirilib tushmasligi uchun quduq devorlari poʻlat quvurlar b-n mustahkamlanadi. Kuduq ogʻzi bajaradigan vazifasiga koʻra armatura, surib ochiladigan maxsus qopqoq bv berkitib qoʻyiladi.

Burgʻi qudugʻi tadqiqot — yer poʻstini oʻrganish uchun; ekspluatatsion; yordamchi — suyuqlik haydovchi, kuzatuv, pyezometrik, ventilyatsion; maxsus — yaxlatuvchi, drenaj, tamponlovchi, portlatuvchi — portlovchi moddalarni quduq ichiga joylash uchun; qurilish — turli qurilmalar, koʻpriklar, qoziqli nasoslar va b. qurish uchun; togʻtexnik — togʻ inshootlarini qurish va ekspluatatsiya qilish uchun kavlanadigan quduklarga boʻlinadi.

Tadqiqot Burgʻi qudugʻi xaritalash, strukturalarni qidirish, tayanchgeologik, tayanchtexnologik, parametrik, rudalarni izlash va razvedka qilish uchun burgʻilanadi. Ekspluatatsion Burgʻi qudugʻi neft, gaz va yer osti suvlarini chiqarib olish uchun bajariladi.

Dunyoda eng chuqur quduq Kola ya. o. da (12000 m dan ortiq) kavlangan. Oʻzbekistonda ChustPop hududida (chuq. 5670 m), Mingbuloq (Namangan viloyati) neft konida (6000 m dan ortiq) Burgʻi qudugʻi kavlangan. Shahar va qishloqlarni suv b-n taʼminlash, ekin maydonlarini sugʻorish uchun chuq. 150—4000 m li Burgʻi qudugʻi kavlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x