GALOGEN JINSLAR

GALOGEN JINSLAR — xemogen choʻkindi jinslar. Arid iqdimda quriyotgan dengiz havzalarida, lagunalarda va shoʻr suvli koʻllarda toʻyingan eritmalardan galogenez jarayonida kristallanadi. Tabiatda keng tarqalgan choʻkindi jinslarning asosiylaridan hisoblanadi. Galogen jinslarga galitdan tashkil topgan galitli, silvinli hamda karnallitli (karnallit, galit), gipsli (gips), astraxanitli (astraxanit, galit), sodali (tabiiy soda, mirabilit), koʻp mineralli (lanbeynit, kainit, kizerit, silvin, galit, poligalit) jinslar va b. kiradi. Galogen jinslar tashqi muhit (ayniqsa, suv) taʼsiridan tez parchalanib eriydi. Perm davrining choʻkindi jinslari tarkibida koʻp uchraydi. Galogen jinslar oziq-ovqat, kimyo sanoati va q. x. da ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x