DEV

DEV — 1) zardushtiylikda yovuzlikning asosiy timsoli (q. Anxramaynu). Avestoda «dayva» tarzida qayd etilgan; 2) turkiy va fors-tojik xalmari mifologiyasida yovuzlik timsoli. Dev dahshatli, zulm va zoʻrlik, qonxoʻrlik yoki yovuz kuchlarning irodasiga boʻysunuvchi bahaybat maxluq sifatida namoyon boʻladi. Devlar yer osti saltanatlarida, gʻorlarda, kimsasiz choʻl va dashtdagi kasrlarda istiqomat qiladi. Qasr, bogʻ va h. k. … Читать далее

DEBOCHA

DEBOCHA (fors. — muqaddima, soʻz boshi) — 1) kitob jildlarining zarhal bilan bezatilgan dastlabki alohida sahifalari; 2) muqadsima, kirish soʻz, bosh soʻz. Asosan kulliyot, devon, doston va nasriy asarlarda, shuningdek, tazkira va bayozlarda uchraydi. Debocha asar muallifi yoki kotib tomonidan yoziladi va unda kitobning mazmuni, muallifning qisqacha tarjimayi holi, maqsadi bayon qilinadi. Amir Xusrav Dexlaviy … Читать далее

ZULFIYA

ZULFIYA (taxallusi; toʻliq ismsharifi Zulfiya Isroilova) (1915.1.3 — Toshkent — 1996.1.8) — shoira, jurnalist, tarjimon, jamoat arbobi. Oʻzbekiston xalq shoirasi (1965). Mehnat Qahramoni (1984). Shoir Hamid Olimjonnit rafiqasi. Xotin-qizlar ped. bilim yurtini tugatgach (1931—34), Oʻzbekiston Fanlar qoʻmitasi qoshidagi Til va adabiyot in-ti aspiranturasiga oʻqishga kirgan (1935). Soʻng Yoshlar va oʻsmirlar adabiyoti nashriyotida muharrir (1938—40), Oʻzbekiston … Читать далее

ZAFAR DIYOR

ZAFAR DIYOR (1912, Chust tumani — 1946.14.4, Toshkent) — oʻzbek bolalar shoiri. Toshkent ped. intida oʻqigan (1938—41). «Lenin uchquni» (1936—41), «Qizil Oʻzbekiston» (1941—46) gaz. larida adabiy xodim va masʼul kotib. «Qoʻshiqlar» (1933), «Tantana» (1938), «Sheʼrlar» (1939), «Muborak» (1940), «Sovgʻa» (1944), «Suv bilan suxbat» (1976) «Bizning qurolimiz» (1941), «Bizning oila» (1942) va b. sheʼriy toʻplamlar muallifi. … Читать далее

ILIADA

«ILIADA» (Ilias) — yunon epik dostoni. Gomer yozgan deb taxmin qilinadi. Aftidan, mil. av. 13-a. dagi Ilion, yaʼni Troya urushi haqidagi rivoyatlar asosida 9—8-a. larda paydo boʻlgan. Gekzametr (musaddas) oʻlchovida yozilgan (15700 misraga yaqin). «Iliada» ning bosh qaxramoni — Axill. Buyuk yoʻlboshchisi Agamemnon tomonidan haqoratlangan «Axillning qahri» doston mavzuining asosini tashkil etadi. Unda yakkama-yakka qahramonona … Читать далее

BAXSHI

BAXSHI (moʻgʻulcha va buryatcha b a x sh a, bagʻsha — ustod, maʼrifatchi; sanskritcha bhikshu — qalandar, darvesh) — 1) xalq dostonchisi. Qoʻshiq va dostonlarni yoddan kuylovchi, aytuvchi, avloddan-avlodga yetkazuvchi sanʼatkor. Baxshi soʻzi baʼzan shaman maʼnosida ham qoʻllanadi. Dostonchilarni esa yuzboshi, soqi, sannovchi, jirov deb ataydilar. Baxshilar, asosan, ikki toifaga — ijrochi va ijodkor Baxshi … Читать далее

GEYNE

GEYNE (Heine) Genrix (1797.13.12, Dyusseldorf — 1856.17.2, Parij) — nemis shoiri, publitsist, tanqidchi va mutafakkir. Bonn, Gyottingen, Berlin un-tlarida oʻqigan (1819—25). Birinchi sheʼriy toʻplami «Qoʻshiqlar kitobi» (1827) romantizm ruhida yozilgan boʻlib, unda nemislar hayotidagi meshchanlik, xudbinlik qoralanadi. Keyingi «Yoʻl manzaralari» (1826-31) nasriy asarida ham shu yoʻnalishni davom ettirib, inson erki, shaxsini xoʻrlovchi tartiblarga qarshi chiqadi, … Читать далее

GILGAMESh

GILGAMESh — Shumerdatk Uruk sh. ning yarim afsonaviy hokimi (mil. av. 27—26-a. lar). Mil. av. 3-ming yillikdagi Shumer epik qoʻshiq (doston) larida va mil. av. 3-ming yillik oxiri — 2-ming yillik boshlariga oid katta dostonda Gilgameshning yovvoyi odam — Enkidu b-n doʻstligi, mangu hayotga erishish siruasrorlarini izlash yoʻlidagi sarguzashtlari bayon etilgan. Gilgamesh haqidagi afsona xettlar, … Читать далее

BERDI BAXSHI

BERDI BAXSHI (Berdiyor Pirimqul oʻgʻli) (?—?)—oʻzbek xalqdostonchisi. 19-a. ning 2-yarmi va 20-a. ning 30-y. larida Toshkent viloyati Piskent tumani Evalak qishlogʻida yashab oʻtgan. Undan birgina «Alpomish» dostoni 1926-y. da yozib olingan (Oʻzbekiston FA Adabiyot in-tida saqlanadi). Bu doston mazmuni va syujeti yoʻnalishi jihatidan boshqa variantlarga oʻxshasada, badiiy shakli jihatidan ishqiyromantik dostonlarga yaqin turadi. Dostonchi uslubida … Читать далее

GURAMISHVILI

GURAMISHVILI David [1705, Saguramo – 1792.21.7(1.8), Mirgorod] — gruzin shoiri. Harbiy xizmatda boʻlgan (1738 — 60). Yevropadagi bir qancha yurishlarda qatnashgan. Gusarlar polkiga qabul qilinib (1738), turar joy va yer (Mirgorod, Ukrainada) bilan taʼminlangan. 1760-y. isteʼfoga chiqib, ijod va dehqonchilik bilan shugʻullangan. 2 doston va lirik sheʼrlardan tuzilgan «Davitiani» (1787) avtobiografik asari mashhur. Dostonlarida gruzin … Читать далее