BERDI BAXSHI

BERDI BAXSHI (Berdiyor Pirimqul oʻgʻli) (?—?)—oʻzbek xalqdostonchisi. 19-a. ning 2-yarmi va 20-a. ning 30-y. larida Toshkent viloyati Piskent tumani Evalak qishlogʻida yashab oʻtgan. Undan birgina «Alpomish» dostoni 1926-y. da yozib olingan (Oʻzbekiston FA Adabiyot in-tida saqlanadi). Bu doston mazmuni va syujeti yoʻnalishi jihatidan boshqa variantlarga oʻxshasada, badiiy shakli jihatidan ishqiyromantik dostonlarga yaqin turadi. Dostonchi uslubida chiroyli tasvirlar va lirizmga, xalq qoʻshiklari va oʻlanlari sheʼriy bezaklariga, samimiy yumor va komizmga oʻta moyillik sezilib turadi. Bu hol oʻtmishda Ohangaron va Piskent atroflarida oʻziga xos dostonchilik maktabi boʻlganligini tasdiklaydi.

Ad.: Alpomish [Soʻz boshi va izohlar b-n nashrga tayyorlovchi T. Mirzayev], T., 1969.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x