GURAMISHVILI

GURAMISHVILI David [1705, Saguramo – 1792.21.7(1.8), Mirgorod] — gruzin shoiri. Harbiy xizmatda boʻlgan (1738 — 60). Yevropadagi bir qancha yurishlarda qatnashgan. Gusarlar polkiga qabul qilinib (1738), turar joy va yer (Mirgorod, Ukrainada) bilan taʼminlangan. 1760-y. isteʼfoga chiqib, ijod va dehqonchilik bilan shugʻullangan. 2 doston va lirik sheʼrlardan tuzilgan «Davitiani» (1787) avtobiografik asari mashhur. Dostonlarida gruzin xalqining oʻtmish tarixi («Gruziya jarohatlari»), dehqon va choʻponlar hayoti («Choʻpon Kasviya») aks etgan. Lirik sheʼrlari qoʻshiq janrida yozilgan va xalq orasida keng tarqalgan. Ijodi 19 — 20-a. gruzin sheʼriyatiga katta taʼsir koʻrsatgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x