DEV

DEV — 1) zardushtiylikda yovuzlikning asosiy timsoli (q. Anxramaynu). Avestoda «dayva» tarzida qayd etilgan;

2) turkiy va fors-tojik xalmari mifologiyasida yovuzlik timsoli. Dev dahshatli, zulm va zoʻrlik, qonxoʻrlik yoki yovuz kuchlarning irodasiga boʻysunuvchi bahaybat maxluq sifatida namoyon boʻladi. Devlar yer osti saltanatlarida, gʻorlarda, kimsasiz choʻl va dashtdagi kasrlarda istiqomat qiladi. Qasr, bogʻ va h. k. sohibining amriga itoat etib, parilarni qoʻriklaydi («Gulnor pari», «Yunus pari», «Misqol pari» va b.). Ertak, doston qahramonlariga qarshi yakka yoki tuda boʻlib kurashadi, ammo hamisha inson qobiliyati, aqli, kuch-qudrati qarshisida ojizlik qiladi, oqibatda yengilgan Devlar insonga boʻysunadi va uning izmiga yuradi. Devlar osmonda uchuvchi va yerda yuruvchi ikki toifaga ajraladi. Baʼzilari tabiatan hiylagar, makkor, aldamchi va gʻazabkor, boshqalari nozik sanʼatkor, goʻzal binolar quruvchi usta, afsonaviy kuch egasi. Oʻzbek folklorida Ahri-man, Ahvon, Samandar, Okdev, Qora dev, Qizil dev, Sariq devBadal botir» va b.), Arshak dev, Afsar dev, Boymoq dev, Yaproq dev («Balogar-don», «Malika ayyor» va b.) kabi Devlar toʻdasining boshliqlari obrazi uchraydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x