ZAFAR DIYOR

ZAFAR DIYOR (1912, Chust tumani — 1946.14.4, Toshkent) — oʻzbek bolalar shoiri. Toshkent ped. intida oʻqigan (1938—41). «Lenin uchquni» (1936—41), «Qizil Oʻzbekiston» (1941—46) gaz. larida adabiy xodim va masʼul kotib. «Qoʻshiqlar» (1933), «Tantana» (1938), «Sheʼrlar» (1939), «Muborak» (1940), «Sovgʻa» (1944), «Suv bilan suxbat» (1976) «Bizning qurolimiz» (1941), «Bizning oila» (1942) va b. sheʼriy toʻplamlar muallifi. «Chaman» (sheʼr, ertak va dostonlar, 1948) kitobi maktabgacha yoshdagi bolalar uchun. 3. D. oʻzbek bolalar adabiyotida doston janrini boshlab bergan shoirlardan biri hisoblanadi («Mashinist», «Kazbek» va b.). Bundan tashqari, bolalar dramaturgi hamdir. Uning «Baxtli yoshlik», «Uch ogʻayni» pyesalarida bolalar oʻrtasidagi doʻstlik, birodarlik ulugʻlanadi.

Ad.: Vladimirova N. V., Zafar Diyor [Tanqidiy biografik ocherk], T., 1954; Uzbek bolalar adabiyoti tarixi ocherki, T., 1978; Uzbek bolalar adabiyoti va adabiy jarayon, T., 1989.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x