POLSHA

POLSHA (Polska), Polsha Respublikasi (Rzeczpospolita Polska) — Markaziy Yevropadagi davlat. Mayd. 312,7 ming km2. Aholisi 38,6 mln. kishi (2002). Poytaxti — Varshava sh. Maʼmuriy jihatdan 16 voyevoda (wojewodztwo) ra boʻlinadi. Davlat tuzumi. Polsha — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1997-y. 25-mayda qabul qilingan. Davlat boshligʻi — prezident (1995-y. dan Aleksander Kvasnevski), u P. fuqarolari tomonidan umumiy teng … Читать далее

MANAS

«MANAS» — qirgʻiz xalq qahramonlik eposi. Asar 3 qismdan iborat (450 ming misra). Genealogik sikl asosida bosh qahramon Manas, uning oʻgʻli Semetey va Semeteyning oʻgʻli Seytekning qaxramonona hayoti tafsiliga bagʻishlangan. «Manas» nazmda yozilgan boʻlib, sheʼriyatning sajʼ yoʻli bilan aytilgan. «Manas» odatdagi qahramonlik eposi koʻlamidan ancha keng. U oʻtmish qirgʻiz hayotining qariyb barcha sohalarini oʻzida jamlagan … Читать далее

MUQOM

MUQOM (maqom soʻzidan) — uygʻur mumtoz musiqasining asosiy janri. Rok, Chabbiyat, Mushovirak, Charigyah (Chorgoh), Panjigyax, Oʻzhol (Uzzol), Ajam, Ushshak, Bayot, Nava, Sigyah va Iroq deb nomlanuvchi 19-a. da shakl topgan 12 Muqom turkumi mavjud. Muqom larning har biri muayyan mavzu bilan bogʻliq cholgʻu, ashula va raqs kuylari turkumidan iborat yirik shakldagi asarlardir. Har bir Muqom … Читать далее

MUSIQA

MUSIQA (yun. mousiche — muzalar sanʼ-ati) — inson hissiy kechinmalari, fikrlari, tasavvur doirasini musiqiy tovush (ton, nagʻma)lar izchilligi yoki majmui vositasida aks ettiruvchi sanat turi. Uning mazmuni oʻzgaruvchan ruhiy holatlarni ifodalovchi mu-ayyan musiqiybadiiy obrazlardan iborat. Musiqa insonning turli kayfiyatlari (mas, koʻtarinkilik, shodlik, zavklanish, mushohadalik, gʻamginlik, xavf-qoʻrquv va b.)ni oʻzida mujassamlashtiradi. Bundan tashqari, Musiqa shaxsning irodaviy … Читать далее

MURODOV

MURODOV Roʻzimbek (1928.21.3, Toʻrtkoʻl tumani) — baxshi, Uzbekiston xalq artisti (1989). Doston yoʻllarini bobosi Amin baxshi va otasi Murod baxshilardan oʻrgangan. Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1956). Oʻzbekiston radio va televideniyesidagi oʻzbek xalq cholgʻulari orkestrida dirijyor (1957—65), Toshkent musiqa bilim yurtida (1952—92), Abdulla Krdiriy nomidagi madaniyat in-tida (2001-y. dan) pedagog. Murodov Xorazm dostonchilik sanʼati anʼanalarini eroniy va … Читать далее

MIRSHAKAR

MIRSHAKAR (taxallusi; asl ism-sharifi Mirshakarov Mirsaid) (1912.23.4, Tojikiston, Shugʻnon tumani — 1993.31.8, Dushanba) — tojik shoiri, dramaturg. Tojikiston xalq shoiri (1962). Tojik adabiyotida sheʼriyatning epik janrlarini rivojlantirgan. «Zafar bayrogʻi» (1934) dostonida Vaxshdagi qurilishlar aks etgan. Xalq afsonasi asosida yaratilgan «Oltin qishloq» (1942) dostoni tojik sheʼriyatining eng yaxshi namunasidan biri hisoblanadi. «Notinch Panj» (1949), «Muhabbat va … Читать далее

MARSINKYAVICHYUS Yustinas Moteyaus

MARSINKYAVICHYUS Yustinas Moteyaus (1930.10.3, Vajatkemis qishlogʻi, hoz. Prenay tumani) — Litva xalq shoiri (1978). Ilk sheʼrlar toʻplami — «Soʻz soʻrayman» (1955). Doston («Yigirmanchi bahor», 1956; «Qon va kul», 1960; «Devor», 1965) va dramatik dostonlariga («Mindaugas», 1968; «Ibodatxona», 1971; «Majvidas», 1977) ramziy obrazlilik, falsafiy va ijtimoiy epik problematika xos. «Publitsistik doston» (1963), «Donelaytis» (1964) dostonlari, «Gʻallakor … Читать далее

MUHAMMAD SOLIH

MUHAMMAD SOLIH (1455, Xorazm — 1535, Buxoro) — shoir. Xorazm hokimi amir Nursaidbek oilasida tugʻilgan. Bobosi Shohmalik Ulugʻbek saro-yida, otasi Nursaidbek esa Ulugʻbek, Joʻgi Mirzo, Abu Said saroylarida eʼtiborli arboblardan boʻlgan. M. S. Xorazmda savod chiqargach, Hirotga borib, Aburahmon Jomiydyan ilm oʻrgangan. Otasi vafot etgach, Husayn Boyqaro va b. temuriylar saroyida maʼlum muddat xizmat qilgan. … Читать далее

MASIHIY Rukniddin Masʼud

MASIHIY Rukniddin Masʼud [1580, Koshon (Eron) — 1655] — ozarbayjon shoiri. Tabib boʻlgan. Sheʼriyatda Fuzuliy anʼanalarini davom ettirgan. Koʻpgina gʻazal, qasida hamda «Don va tuzoq», «Ari va asal», «Varqa va Gulshoh» kabi romantik dostonlar muallifi. Bizgacha uning «Varqa va Gulshoh» dostoni yetib kelgan. Oʻzidan oldingi salaflarining, ayniqsa, Fuzuliyning «Layli va Majnun»ni yozishdagi ijodiy tajribasidan ruhlanib, … Читать далее

MURODXON

«MURODXON» — «Rustamxon» turkumi dostonlaridan. Fozil Yoʻldosh oʻgʻlidan yozib olinib, nashr etilgan. Turkum 5 doston («Sultonxon», «Murodxon», «Oftob pari», «Rustamxon», «Rustamning yaralanishi»)dan iborat. Unda Murodxonning boshiga davlat kushi qoʻnib, Oqtosh eliga podsho boʻlishi, goʻzal Orzigulga oshiq boʻlib, uni izlashidagi sarguzashtlari, Orzigulni olib, yurtiga qaytishi voqealari tasvirlangan. «Murodxon»da mardlik, vatanpar-varlik, adolat va haqiqatgoʻylik gʻoyalari kuylanadi. Murodxon … Читать далее