YUSUF VA AHMAD

«YUSUF VA AHMAD» — oʻzbek xalq dostoni. 16—17-asrlarda Xorazmda yaratilgan. Doston dastlab ogʻzaki anʼanada yaratilgan boʻlib, keyinchalik (18-asr) turkman shoiri Qurbonali Maʼrufiy qalamiga mansub yozma varianti yuzaga kelgan. Dostonning ogʻzaki variantlari xalqchil gʻoyalarni oʻz holicha saqlab qolganligi bilan alohida ajralib turadi. Asarda oʻzbek xalqining qahramonlik, sevgisadoqat, yordiyor mehri, tinchlik uchun kurash gʻoyalari ifodalangan. Doston turkman, … Читать далее

YUSUPOV Matniyoz Abdalniyozovich

YUSUPOV Matniyoz Abdalniyozovich (1925.1.1, Urganch — 1992.6.10, Toshkent) — kompozitor, sozanda (gijjak), xonanda, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1969). Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1960). Xorazm maqomlari va xalq musiqa merosini oʻzlashtirish, soz chalish va ashulachilikni oʻrganishda S. Yoqubov, M. Xudoyberganov, K. Otaniyozovlar Yusupovga ustozlik qilishgan. Xorazm viloyat estradasida sozanda (1940—43), 2-jahon urushi qatnashchisi (1943—44), Xorazm teatrida … Читать далее

VOHIDOV Erkin Vohidovich

VOHIDOV Erkin Vohidovich (1936.28.12, Fargʻona viloyati Oltiariq tumani) — shoir, dramaturg, jamoat arbobi. Oʻzbekistan xalq shoiri (1987), Oʻzbekiston Qahramoni (1999). ToshDU filol. f-tini tugatgan (I960). «Yosh gvardiya» nashriyotida muharrir, bosh muharrir (1960—63; 1975—82), Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida muharrir, bosh muharrir (1963—70), direktor (1985 — 87), «Yoshlik» jur. bosh muharriri (1982-85). Ilk, sheʼriy … Читать далее

BOLALAR ADABIYOTI

BOLALAR ADABIYOTI — bolalar va oʻsmirlar uchun yaratilgan badiiy, ilmiy, ilmiyommabop va publitsistik asarlar majmui. Bularning asosiy kismini badiiy asarlar tashkil etadi. Jahon xalqlari, shu jumladan oʻzbek xalqi Bolalar adabiyoti tez aytish, topishmoq, oʻyin qoʻshiklari, rivoyat, afsona, ertak, makal, masal va doston singari aksariyat qismi bolalarga moʻljallab yaratilgan ogʻzaki ijod namunalaridan boshlanadi. Bolalar adabiyotini bevosita … Читать далее

VARQA VA GULSHOH

«VARQA VA GULSHOH» — sevishganlar haqidagi doston. Sharq xalqlari ogʻzaki va yozma adabiyotida keng tarqalgan, samimiy sevgi va sadoqat, insoniylik va ezgulik tarannum etilgan. «Varqa va gulshoh va G.» haqidagi ilk maʼlumot Ibn Qutaybaning «Kitob ul-sheʼr vash-shuaro» («Sheʼr va shoirlar haqida kitob»)ida uchraydi. «Varqa va gulshoh va G.»ning mavzui 7-a. da Jan. Arabiston qabilalari orasidagi … Читать далее