KOFERMENTLAR

KOFERMENTLAR [lot. so (cum) – birgalikda va fermentlar] , koenzimlar — baʼzi fermentlar tarkibiga kiradigan, oksil xossasiga ega boʻlmagan quyi molekulali organik moddalar. Kofermentlar apofermentlar bilan birikib, katalitik faol komplekslar hosil qiladi. Kimyoviy tarkibiga koʻra, Kofermentlar alifatik, aromatik, geterotsiklik va turli organik moddalarga xos; koʻpchilik Kofermentlar vitaminlar (V,, V2, V6, RR va b.) va nukleotidlarning … Читать далее

INDUTSIRLANGAN FERMENTLAR

INDUTSIRLANGAN FERMENTLAR, adaptiv fermentlar — sintezlanish tezligi tirik organizmlarning yashash sharoitiga qarab oʻzgarib turadigan fermentlar. I. f. ning sintezlanishi induktorlar (faollashtiruvchilar) taʼsirida genetik darajada boshqariladi. Bu jarayon induktorlar yor-damida amalga oshiriladi. Induktorlar sifatida substratlar, metabolitlar, shuningdek, gormonlar ishtirok etishi mumkin. Odatda, Indutsirlangan fermentlar organizmda juda kam miqsorda uchraydi. Birok, muhitga substrakt yoki boshqa induktor qoʻshilsa, … Читать далее

IMMUNITET

IMMUNITET, fotoimmunitet, oʻsimliklar immuniteti — oʻsimliklarning kasallik qoʻzgʻatuvchi mikroorganizmlarni oʻziga yuktirmaslik va ular ajratadigan zaharli moddalar taʼsiriga chidamlilik xususiya-ti. Immunitetni oʻsimliklarda kasallik qoʻzgʻatuvchilarga chidamlilikning eng yuqori darajasi deb xisoblash mumkin. Immunitet sirtdan quyidagicha namoyon boʻladi: kasallik qoʻzgʻatuvchi va uning oʻsimlikka yuqishi uchun zaruriy sharoitlar mavjud boʻlganda Immunitet li oʻsimliklar kasalga chalinmaydi, ularda patologik ja-rayon vujudga … Читать далее

GALLAT KISLOTA

GALLAT KISLOTA, S7N^O5 — 3,4,5-trioksibenzoat kislota, yorugʻlik taʼsirida qorayadigan rangsiz kristall modda. Mol. m. 170,11; suyuklanish t-rasi 220° (beqaror modifikatsiya), 240° (barqaror modifikatsiya, ajralish b-n). Spirtda, qaynoq suvda yaxshi, sovuq suvda, efirda oz eriydi; uch valentli temir tuzlari bilan reaksiyaga kirishib, koʻk-qora tusga kiradi. Choy, dub poʻstlogʻi va b. oshlovchi moddali oʻsimliklar tarkibida bor. Tanninlarni … Читать далее

VITAMINLAR

VITAMINLAR (lot. vita – hayot) ,darmon dori — tirik organizmning hayot faoliyati va normal moddalar almashinuvi uchun zarur boʻlgan organik birikmalar. Ular turli xil kimyoviy tuzilishga ega. Oziq moddalar tarkibida qandaydir moddalar yetishmasligi natijasida odamlar kasal boʻlishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar qad. Xitoy kitoblarida, keyinchalik Gippokrat asarlarida qayd etilgan. Vitaminlarni ilmiy nuqtayi nazardan oʻrganish 18-a. da boshlagan. … Читать далее

BAX Aleksey Nikolayevich

BAX Aleksey Nikolayevich [1857.5(17).3, Zolotonosha sh. — 1946.13.5, Moskva] — rus biokimyogar olimi, akad. (1929). 1885 — 1917-y. larda muhojirliqsa yashagan. Biokimyogarlar maktabining asoschisi. Ilmiy ishlari fotosintez ximizmi, hujayradagi oksidlanish jarayoni va fermentlar haqidagi taʼlimotga bagʻishlangan. Peroksidlarning assimilyatsiyada ishtirokini Urganish asosida sekin oksidlanishning peroksid nazari-yasini yaratgan. Пост Навигацияси

BUXNER

BUXNER (Buchner) Eduard (1860.20.5, Myunxen — 1917.13.8, Fokshani, Ruminiya) — nemis kimyogari, Kil, Tyubingen, Breslavl, Vyursburg untlari prof. (1893—1911). 1889-y. da pirazolni kashf etgan. 1897-y. da achish jarayonini faqat zamburugʻlar ishtirokida emas, balki ulardan ajratib olingan fermentlar yordamida ham amalga oshirish mumkinligini aniqlagan. Shu asosda keyinchalik boshqa mikroorganizmlardan sut kislotali, shuningdek sirka kislotali bijgʻishni keltirib … Читать далее

GLUTAMIN KISLOTA

GLUTAMIN KISLOTA, glyutamin (a-aminoglutar ) kislota, COOH-CH2CH2-CH(NH)2-COOH — kristallar. Mol. m. 147,13, suyukdanish t-rasi 202°. Suvda yaxshi eriydi. Oqsil va qator muhim quyi molekulyar birikmalar (mas, glutation) tarkibiga kiradi. Tabiiy shakli — D. (+) izomer Glutamin kislota jonivorlar uchun almashtiriladigan aminokislota hisoblanadi. Kazein, jelatina, kleykovina tarki-bida koʻp miqdorda boʻladi. Qon plazmasi oʻzining u-monoamidi — glutamin … Читать далее

VILSHTETTER

VILSHTETTER (Willststter) Rixard Martin (1872.13.8, Karlsrue —1942.3.8, Lokarno, Shveysariya) — nemis kimyogari va biokimyogari. Syurix oliy texnika maktabi (1905—12), Berlindagi kayzer Vilgelm kimyo in-ti (1912-15), Myunxen un-ti (1916-25) prof. Asosiy ishlari tropin, atropin, kokain alkaloidlari, qon pigmentlari va xlorofillning kimyoviy tuzilishini oʻrganishga bagʻishlangan. Vilshtetter anilin boʻyoqlari va oʻsimlik pigmentlari (antotsianlar va flavonlar)ni tekshirgan. Fermentlar kimyosiga … Читать далее

VARBURG

VARBURG (Warburg) Otto Genrix (1883.8.10—1970.1.8) — nemis biokimyogari va fiziologi. London Qirollik jamiyati aʼzosi. Berlindagi Hujayra fiziologiyasi in-ti direktori (1930-y. dan). Asosiy ishlari tirik hujayrada sodir boʻladigan oksidlanish-qaytarilish jarayonlari, fermentlar taʼsirida hujayraning nafas olishini oʻrganishga bagʻishlangan. Flavin moddasini kashf etgan (1932), flavin-adenindinukleotid (FAD, 1938) va nikotinamidadenindinukleotid (NAD) tuzilishini aniqlagan. Nobel mukofoti laureati (1931). Пост Навигацияси