BUXNER

BUXNER (Buchner) Eduard (1860.20.5, Myunxen — 1917.13.8, Fokshani, Ruminiya) — nemis kimyogari, Kil, Tyubingen, Breslavl, Vyursburg untlari prof. (1893—1911). 1889-y. da pirazolni kashf etgan. 1897-y. da achish jarayonini faqat zamburugʻlar ishtirokida emas, balki ulardan ajratib olingan fermentlar yordamida ham amalga oshirish mumkinligini aniqlagan. Shu asosda keyinchalik boshqa mikroorganizmlardan sut kislotali, shuningdek sirka kislotali bijgʻishni keltirib chiqaradigan shira olishga muvaffaq boʻlindi. Nobel mukofoti laureati (1907).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x