KOFERMENTLAR

KOFERMENTLAR [lot. so (cum) – birgalikda va fermentlar] , koenzimlar — baʼzi fermentlar tarkibiga kiradigan, oksil xossasiga ega boʻlmagan quyi molekulali organik moddalar. Kofermentlar apofermentlar bilan birikib, katalitik faol komplekslar hosil qiladi. Kimyoviy tarkibiga koʻra, Kofermentlar alifatik, aromatik, geterotsiklik va turli organik moddalarga xos; koʻpchilik Kofermentlar vitaminlar (V,, V2, V6, RR va b.) va nukleotidlarning hosilalaridir. Kofermentlar hayvon va oʻsimlik organizmlari hujayralarida, mikroorganizmlarda bor. Nikotinamidadenindinukleotid (NAD), nikotinamidadenindinukleotidfosfat (NADF), tiaminpirofosfat (TPF), flavina-denindinukleotid (FAD), koenzim A (KoA), lipoid kislota, adenozintrifosfat kislota (ATF) va b. tabiatda eng koʻp tarqalgan Kofermentlar dir Kofermentlar preparatlari (ATF, TPF, FAD)dan tibbiyotda foydalaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x