INDUTSIRLANGAN FERMENTLAR

INDUTSIRLANGAN FERMENTLAR, adaptiv fermentlar — sintezlanish tezligi tirik organizmlarning yashash sharoitiga qarab oʻzgarib turadigan fermentlar. I. f. ning sintezlanishi induktorlar (faollashtiruvchilar) taʼsirida genetik darajada boshqariladi. Bu jarayon induktorlar yor-damida amalga oshiriladi. Induktorlar sifatida substratlar, metabolitlar, shuningdek, gormonlar ishtirok etishi mumkin. Odatda, Indutsirlangan fermentlar organizmda juda kam miqsorda uchraydi. Birok, muhitga substrakt yoki boshqa induktor qoʻshilsa, fermentlar konsentratsiyasi qisqa vaqt ichida ming marta, hatto undan koʻproq oshishi mumkin. Bunday xususiyat organizmlarning yangi sharoitga tez moslashishiga imkon beradi. Induksiya mexanizmi Indutsirlangan fermentlar sinte-zini nazorat qiladigan genlar taʼsirining derepressiyalanishidan iborat. Indutsirlangan fermentlarga misol kilib, ayrim mikroorganizmlarni sintezlaydigan r»-galaktozidaza (laktozani monosaxaridlargacha gidrolitik parchalanishini katalizlaydi) fermentini koʻrsatish mumkin. Bu ferment oziqli muhitda uglerod manbai faqat laktoza yoki uning analoglari boʻlgandagina sintezlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x