IMMUNITET

IMMUNITET, fotoimmunitet, oʻsimliklar immuniteti — oʻsimliklarning kasallik qoʻzgʻatuvchi mikroorganizmlarni oʻziga yuktirmaslik va ular ajratadigan zaharli moddalar taʼsiriga chidamlilik xususiya-ti. Immunitetni oʻsimliklarda kasallik qoʻzgʻatuvchilarga chidamlilikning eng yuqori darajasi deb xisoblash mumkin. Immunitet sirtdan quyidagicha namoyon boʻladi: kasallik qoʻzgʻatuvchi va uning oʻsimlikka yuqishi uchun zaruriy sharoitlar mavjud boʻlganda Immunitet li oʻsimliklar kasalga chalinmaydi, ularda patologik ja-rayon vujudga kelmaydi; immuniteti yoʻq oʻsimliklar esa bunday sharoitda kasallikka chalinadi. Immunitetning xususiy koʻrinishi oʻsimlikning chidamliligi (tolerantligi)dan iborat boʻlib, bunda kasallik yuqqan oʻsimlikda hosil miqdori va sifatining keskin pasay-ishi kuzatilmaydi. Immunitetning namoyon boʻlishi koʻpincha xoʻjayin-oʻsimlikning fermentlar sistemasi, fiton-sidlar, fitoaleksinlar taʼsiri, ok-sidlanishenergiya almashinuvining barqarorligi, baʼzi kimyoviy birik-malar miqdori, shuningdek, oʻsimlikning alohida morfologik tuzilish xu-susiyatlariga bogʻliq. Oʻsimliklarning kasallik qoʻzgʻatuvchilardan himoyalanish mexanizmi yana ularning oʻta taʼsirchanlik reaksiyasidan iborat. Oʻsimliklarda bu xususiyatning asosi shundan iboratki, kasallik yuqqan hujayralar tezda nobud boʻladi va ularda kasallik qoʻzgʻatuvchilar tarkala olmaydi. Kasallik qoʻzgʻatuvchilar va oʻsimliklar himoyalanish mexanizmining turli-tumanligi xususida yagona nazariya yoʻq. Oʻsimliklarning antigenlarga qarshi antitelalar hosil qilish xususiyatlari ham isbotlanmagan. Oʻsimliklarda Immunitetning maxsus va guruhli xili uchraydi. Maxsus Immunitetda oʻsimliklar kasallik qoʻzgʻatuvchilarning biror turiga mansub boʻlgan biotipga yoki irqiga chi-damlilikni, guruhli Immunitetda esa ularning bir qancha irqi yoki turiga chidamlilikni namoyon etadi.

Immunitet irsiy xususiyat boʻlib, duragaylashda naslga beriladi. Kasalliklarga chi-damli navlar yaratishda chidamlilik negizlariga ega boʻlgan oʻsimlik shakllaridan foydalaniladi. Mac, gʻoʻzaning viltga chidamli Toshkent navlarini yaratishda chidamlilik manbai sifatida yovvoyi Meksika gʻoʻzasidan foydalanilgan (yana q. Oʻsimlikning himoya reaksiyasi).

Abdukarim Zikiryoyev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x