GLUTAMIN KISLOTA, glyutamin (a-aminoglutar ) kislota, COOH-CH2CH2-CH(NH)2-COOH — kristallar. Mol. m. 147,13, suyukdanish t-rasi 202°. Suvda yaxshi eriydi. Oqsil va qator muhim quyi molekulyar birikmalar (mas, glutation) tarkibiga kiradi. Tabiiy shakli — D. (+) izomer Glutamin kislota jonivorlar uchun almashtiriladigan aminokislota hisoblanadi. Kazein, jelatina, kleykovina tarki-bida koʻp miqdorda boʻladi. Qon plazmasi oʻzining u-monoamidi — glutamin bilan birga barcha erkin aminokislotalarning 1/3 qismini tashkil qiladi. r. K. +NH3+ATЈ± glutamin+ADF+N3RO4 anorganik reaksiyasi liazalar guruhiga mansub glutaminsintetaza fermenti (q. Fermentlar) yordamida amalga oshadi, bunda jonivorlar va oʻsimliklar toʻqimalarida ortiqcha ammiakning bogʻlanishi sodir boʻladi. Shu tariqa glutamin ammiakni deoksikatsiya joyiga (aksari hollarda buyrak va jigarda) yoʻnaltiradi, u aminoguruhlar uchun zaxira boʻlib ham xizmat qiladi va oqsillar tarkibiga kiradi. Moddalar almashinuvida ayniqsa glutamin — G. k. sistemasi muxim rol oʻynaydi. Glutamin kislota moddalar almashinuvining boshqa muhim jarayonlari qayta aminlanishida (aspargin kislota bilan birga asosiy ishtirokchilardan biridir) ham qatnashadi. Dezaminlanishda a-ketoglutar kislota hosil qiladi, u esa oʻz navbatida trikarbon kislotalar sikliga, dekarboksillashda muhim neytrop agent — a-aminomoy kislota hosil boʻlishiga olib keladi; koʻp sonli sintezlarda, shu jumladan glutation, glyukoza, ornitin sintezida ishtirok etadi. Glutamin kislotaning natriyli tuzidan oziq-ovqat sanoatida mahsulotlarning taʼmi va kiymatini oshirishda, tibbiyotda tabletkalar, pastalar, shuningdek, baʼzi asab kasalliklarini davolashda qoʻllaniladigan suyuq dorilar (tomirga yuboriladi) tayyorlashda foydalaniladi.
Когда вы первый раз заходите с помощью соцсетей, мы получаем публичную информацию из вашей учетной записи, предоставляемой провайдером услуги соцсети в рамках ваших настроек конфиденциальности. Мы также автоматически получаем ваш e-mail адрес для создания вашей учетной записи на нашем веб сайте. Когда она будет создана, вы будете авторизованы под этой учетной записью.
Не согласенСогласен
Войти через
Я разрешаю создать мне учетную запись
Когда вы первый раз заходите с помощью соцсетей, мы получаем публичную информацию из вашей учетной записи, предоставляемой провайдером услуги соцсети в рамках ваших настроек конфиденциальности. Мы также автоматически получаем ваш e-mail адрес для создания вашей учетной записи на нашем веб сайте. Когда она будет создана, вы будете авторизованы под этой учетной записью.
Не согласенСогласен
0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
wpDiscuz
0
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x