VILSHTETTER

VILSHTETTER (Willststter) Rixard Martin (1872.13.8, Karlsrue —1942.3.8, Lokarno, Shveysariya) — nemis kimyogari va biokimyogari. Syurix oliy texnika maktabi (1905—12), Berlindagi kayzer Vilgelm kimyo in-ti (1912-15), Myunxen un-ti (1916-25) prof. Asosiy ishlari tropin, atropin, kokain alkaloidlari, qon pigmentlari va xlorofillning kimyoviy tuzilishini oʻrganishga bagʻishlangan. Vilshtetter anilin boʻyoqlari va oʻsimlik pigmentlari (antotsianlar va flavonlar)ni tekshirgan. Fermentlar kimyosiga katta hissa qoʻshgan, katalitik gidrogenizatsiya, fotosintez va sellyulozaning parchalanish jarayonlarini oʻrganish borasida tadqiqotlar oʻtkazgan. Nobel mukofoti laureati (1915).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x