KREATINFOSFAT KISLOTA

KREATINFOSFAT KISLOTA, fosfo kreatin , fosfagen — fosforli organik modda; kreatinttt fosforlanishidan hosil boʻladigan mahsulot. Yangi muskul preparatlarida boʻlishi aniqlangan Mol. m. 211,12. Umurtqali hayvonlar va odamning muskul, nerv va b. baʼzi toʻqimalarida boʻladi. Suvda eriydi, spirtda erimaydi. Kreatinfosfat kislota fosfor oksixlorid (ROS13)ni ishqoriy muhitda kreatinga taʼsir ettirib olinadi. Organizmda fermentlar taʼsirida kreatin va fosfat … Читать далее

LIZOSOMA

LIZOSOMA (lizo… va…soma) — hujayra organoidi, hujayra ichida oziq xazm boʻlishini taʼminlaydi. Zam-burugʻlar va hayvonlar hujayrasida boʻladi. Shakli pufakchaga oʻxshash, bir membranali, diametri 0,2—0,8 mkm. Membranasi va matriksida 20 dan ortiq gidrolitik fermentlar (fosfataza, nukleazalar, katepsin, kollagenaza, glyukuronidaza, glyukozidaza va b.) bor. Fermentlari kuchsiz kislotali muhitda faol. Hujayrada oʻnlab Lizosoma bor. Golji apparatida hosil boʻladi. … Читать далее

QATIQ

QATIQ — qaymogʻi olinib yoki olinmay pishirilgan sigir sutiga tomizgʻi solib ivitiladigan sut kislotali parhez mahsulot. Tarkibidagi yogʻ miqdoriga qarab yogʻli (3,2% sut yogʻi) va kam yogʻli (sut yogʻi 0,05% dan oshmaydi) qatiqlar boʻladi. 3dlarda oddiy qaymogʻi olinib yoki olinmay pasterizatsiyalangan sutga sut kislota hosil qiladigan streptokokkli tomizgʻi solib tayyorlanadi (q. Kefir). Mikroorganizmlarning rivojlanishi natijasida … Читать далее

KAZEIN

KAZEIN (lot. caseus — pishloq) — murakkab oqsil, fosfoproteid. Sutni proteolitik fermentlar taʼsirida tvorogga aylantirishda kazeinogen dan hosil boʻladi. Tvorogning asosiy massasini tashkil etadi. Kazein tuzli eritmalar (neytral va ishqorli mux. it)da eriydi, kislota taʼsir ettirilganda choʻkadi. Kazein mol. m. 30.000—400000. a, r u fraksiyalaridan tarkib topgan. Sut va sut mahsulotlarining oqsilli asosiy qismi. Ayollar … Читать далее

IMMOBILLASHGAN FERMENTLAR

IMMOBILLASHGAN FERMENTLAR — molekulalari polimer birikmalar bilan kovalent bogʻlangan, sunʼiy olinadigan ferment preparatlar. Shuning uchun Immobillashgan fermentlar denaturatsiyani vujudga keltiruvchi taʼsirlarga nisbatan chidamli boʻladi. Bunday fermentlar nativ (tabiiy) fermentlarga nisbatan afzalliklarga ega. Ular proteoliz fermentlari va mikroorganizmlar taʼsirida parchalanib ketmaydi; turgʻun no-immunogen xususiyatiga ega boʻladi, shuningdek, organizmning zarur joyida toʻplanadi. Immobillashgan fermentlar analitik tadqiqotlar va … Читать далее

BIOSINTEZ

BIOSINTEZ (bio… va sintez) — tirik organizmda yoki undan tashqarida biokatalizatorlar (fermentlar) taʼsirida birmuncha oddiy birikmalardan organik moddalar hosil boʻlishi. Biosintez — oʻsimliklar, hayvonlar va mikroorganizmlarda sodir boʻladigan moddalar almashinuvining tarkibiy qismidir. Xemosintezlovchi bakteriyalardan tashqari hamma organizmlarda Biosintez uchun birlamchi energiya manbai yashil oʻsimliklarda organik moddalar shaklida toʻplanadigan quyosh energiyasi hisoblanadi (q. Xemosintez, Assimilyatsiya, Fotosintez). … Читать далее

DIPEPTIDLAR

DIPEPTIDLAR — ikki aminokislota qoldigʻining amid (peptid) bogʻi (—SO—NH—) orqali birikishidan xreil bulgan organik birikmalar. D.-200—300°da parchalanuvchi kristall moddalar. Suvda, suyultirilgan kislota va ishkrrlarda yaxshi, organik erituvchilarda esa oz eriydi. Oqsillar parchalanganda (gidrolizlanganda) hosil boʻladi. Dipeptidlar oʻz tarkibidagi aminokislotalarga xos rangli reaksiyalarni beradi. Tabiiy Dipeptidlar, mas, karno-zin va anzerin jonivorlar tuqimalarida uchraydi. Dipeptidlar molekulasi kislotalar, … Читать далее

DEKARBOKSILLANISH

DEKARBOKSILLANISH — organik kislotalarning karboksil guruhidan yoki bu kislotalar tuzlarining karboksilat guruhlaridan SO2 ajralish reaksiyasi. Dekarboksillanish, odatda, kislotalar yoki ishkrrlar ishtirokida amalga oshadi. Mas, natriy atsetatni natriy ishkrri ishtirokida qizdirilsa SO2 ajraladi va metan hosil boʻladi. Karbonat kislotaga soʻndirilgan ohak va natriy ishqori qoʻshib qizdirilganda tegishli uglevodorod xreil boʻladi. Murakkab efirlarning Dekarboksillanishi ham asoslar (alkogolyatlar, … Читать далее

ZAMBURUGʻLAR

ZAMBURUGʻLAR (Fungi yoki Mycetes) — eukariot organizmlar dunyosi (bulimi). 3. tayyor organik modsalar hisobiga yashaydi, yaʼni geterotrof organizm hisoblanadi. Odatda oʻsimliklarda, tuprokda, suvda, hayvonlarda yoki ularning qoldiqlarida hayet kechiradi. Oziklanish usuliga qarab parazit va saprofit Zamburugʻlarga boʻlinadi. Zamburugʻlarning odamlar va hayvonlar uchun zararli va foydali yuz mingdan ortiq turi uchraydi. 3. haqidagi fan mikologiya deb … Читать далее

ILON ZAHARI

ILON ZAHARI — zaharli ilonlarning zahar bezidan chiqadigan sargʻish yoki och yashil, hvdsiz tiniq suyuklik. Quritilgan Ilon zaharining 70—90% i murakkab oqsil moddalar, qolgani anorganik moddalardan iborat. Zahar tarkibida erkin aminokislotalar, yogʻlar, yogʻ kislotalar, har xil tuzlar bor; natriy, kalsiy, kaliy, rux, magniy, fosfor, kremniy, temir, kumush kabi elementlar ham uchraydi. Ilon zaharida 15 ga … Читать далее