Yoz kunida

Sharifjon quyosh oʻt purkayotgan ayni tush vaqti tuproq yoʻldan oqsoqlanib ketib borardi. Oʻqishidan taʼtilga chiqib kelganiga oʻn kuncha boʻldi. Oʻtgan yildan beri yalangoyoq yurmagani uchun tovonlariyu oyoq kaftlari yer taftiga chidash bera olmadi, birinchi kechasiyoq poʻrsildoq boyladi, ertasi kuni qadam bosishning iloji boʻlmay qoldi. Bir kundan keyin asta-asta yura boshladi, lekin suv boylab qolgan joylar … Читать далее

“Tulporlarning tuyoqlari zirqirar”

Oʻljas SULAYMONOV   QUM USTIDAGI QOʻShIQ   Sahro ustida turar yolgʻiz lochin, Sahro ustida qotar paxmoq burgut, Sahro ustida yonar avgust quyoshi – Tanho qiyofasi odam ishonchining. Men qoyaga boraman yaqin, majusiy singari urib pichoqni, shivirlab, avraganday, nimanidir olaman oʻyib. O, meni kechirgin, quyosh, nojoiz shivirladim, men, mayli, eshitsin sariq sahro. Lekin, soʻng? Lekin, soʻng, … Читать далее

Sentyabr oyida tugʻilgan madaniyat va sanʼat namoyandalari

1 SENTYABR   1926 yil. Faxriddin Umarov, Milliy qoʻshiqchiligimizda yangi davrni boshlab bergan sanʼatkorlardan Oʻzbekiston xalq hofizi, bastakor, “Naylaram”, “Ishqingda zor oʻldim”, “Sochining savdosi tushdi”, “Onam derman”, “Oʻzbegim”, “Qaydasan”, “Ey, muhabbat”, “Umr oʻtmoqda” kabi ashulalari bilan mashhur boʻlgan.   2 SENTYABR   1862 yil. O’Genri, amerikalik yozuvchi. “Yonayotgan sham”, “Gʻarb qalbi”, “Yoqimtoy oʻgʻri”, “Kulchalar” kabi … Читать далее

“…kulgu bilan sen aldading”

Muqagʻali MAQATOYEV (1931–1975)   XX asr qozoq sheʼriyatidagi yorqin yulduzlardan biri. Shoir va tarjimon. Shekspir sonetlarini, Dantening “Ilohiy komediya”sini qozoqchaga tarjima qilgan. Koʻplab sheʼrlari xalqning sevimli qoʻshigʻiga aylanib ketgan. Qozogʻiston Davlat mukofoti sovrindori (1999 yil vafotidan keyin).   AYOLLAR   Ayollar-ay, ayollar-ay, qandaysiz? Goʻzallikda Quyoshdaysiz, Oydaysiz! Birov qovoq uysa – undan qolmaysiz, Birov sevdim desa … Читать далее

Porloq yulduz

Uygʻoq inson shundayki, oʻtmish va kelajakni emas, bugunini sevadi. LU SIN   Hikmatlarida eng avvalo oʻzini topgan Chin oʻlkasining zabardast yozuvchisi Lu Sin bir umr uygʻoq insondek yashashga intildi. Toʻgʻri, oʻtmishdan saboq oldi, oʻrgandi, biroq kechagi kun uchun, kechagi xatolar uchun bugunini zoye ketkazmadi. Kelajakka, yorugʻ kunlarga umid qildi, biroq shirin orzular girdobida oʻralashib qolmadi. … Читать далее

“Oʻlmasun”

Yoridin hech kim meningdek zoru mahjur oʻlmasun, Jumlai olamda rasvoliqqa mashhur oʻlmasun.   Men boʻlay ovora to ishqimdin aylab guftuguy, Oti oning har kishi ogʻzigʻa mazkur oʻlmasun.   Jonima bedodu zulmin, yo Rab, ulmiqdor qil, Kim aning oshiqligʻi har kimga maqdur oʻlmasun.   Men xud oʻldum, lek har oshiqqi, bordur pokboz, Navha tortib motamim tutmoqda … Читать далее

“Shu damda bexosdan kelasan yodga”

Uilyam SHEKSPIR   Sonetlar   *** Kim qulay soatda tugʻilgan ekan, Shuhratu davlatdan baland dimogʻi. Menga iltifotni tole kim qilgan, Menga muhabbatdir baxtlar bulogʻi.   Shahzoda mahrami, bekning ulfati, Vallomat lutfidan sharob ichadi, Qachonkim, oftob botib ketadi, Kungaboqarning ham zari oʻchadi.   Zafarlar erkasi mashhur sarkarda, Oxiri urushda yengilsa bir kun, Butun xizmatlari puch boʻlar … Читать далее

Ultugʻan

Ultugʻanning boshiga ogʻir musibat tushdi, onasidan judo boʻlgani yetmaganday, otasi ham qazo qildi. Yor-birodarlar taʼziya bildirgani kela boshladilar. Motamning uchinchi kuni ham oʻtdi. Shundan soʻng hassakashlar birin-sirin uy-uylariga tarqaldilar-da, eng yaqin jigarlar Ultugʻanni yonlariga oʻtqazishib yupatgan, tasalli bergan boʻldilar: − Chirogʻim, Ultugʻan, buyogʻiga endi sabr bersin. Oʻzingni qoʻlga ol. Otang ham, onang ham sendan rozi … Читать далее

Tomsuvoq

Qishloqda kuz pallasi tomsuvoq qilish udumi boʻlardi. Uning yozilmagan qoidasi bor. Birinchidan, hech kim tomini yolgʻiz oʻzi suvamaydi – hamma hasharga keladi. Ikkinchidan, beva-bechora, qoʻli qisqa xonadonning uyi eng birinchi galda tomsuvoq qilinadi. Keyin, navbatma-navbat davom etaveradi… Oʻqituvchimizning hashariga koʻp odam yigʻildi. Uyi katta yoʻl yoqasida edi. Shundoq koʻcha chetidan loyhandaq qazilgan ekan. Somon, katta … Читать далее

Joʻshqin hayot, toshqin ijod sarvari

XIX asr fransuz madaniyati tarixida siyosatga, sanʼatga, adabiyotga daxldor shaxs – davlat arbobi, tarjimon, olim va katta yozuvchi sifatida yorqin iz qoldirgan Prosper Merime sarhadlar osha qadr topgan, yozganlarini xalqlar sevib mutolaa qilishga munosib ijodkorlardan. Uning katta yozuvchi ekanligini taʼkidlashimizning boisi shuki, har bir asari bilan oʻz davri kishilarining qalbiga toʻgʻridan-toʻgʻri kirib borish, oʻtkir badiiy … Читать далее