Sentyabr oyida tugʻilgan madaniyat va sanʼat namoyandalari

1 SENTYABR

 

1926 yil. Faxriddin Umarov, Milliy qoʻshiqchiligimizda yangi davrni boshlab bergan sanʼatkorlardan Oʻzbekiston xalq hofizi, bastakor, “Naylaram”, “Ishqingda zor oʻldim”, “Sochining savdosi tushdi”, “Onam derman”, “Oʻzbegim”, “Qaydasan”, “Ey, muhabbat”, “Umr oʻtmoqda” kabi ashulalari bilan mashhur boʻlgan.

 

2 SENTYABR

 

1862 yil. O’Genri, amerikalik yozuvchi. “Yonayotgan sham”, “Gʻarb qalbi”, “Yoqimtoy oʻgʻri”, “Kulchalar” kabi yuzlab hikoyalar, “Qirollar va karam” romanining muallifi. Uning novellalari dunyo adabiyoti xazinasidan mustahkam oʻrin egallagan.

1930 yil. Andrey Petrov, rossiyalik kompozitor. “Orzular qirgʻogʻi”, “Dunyoning yaralishi”, “Pushkin. Shoir haqida oʻylar”, “Usta va Margarita” baletlari, “Biz raqs tushamiz”, “Kapitan qizi” myuzkllari, shuningdek, “Sent-Ekzyuperi hayoti”, “Olchazor”, “Uch opa-singil”, “Otello”, “Hamlet”, “Romeo va Julyetta”, “Suqrot bilan suhbat” spektakllariga yozgan musiqalari bilan shuhrat qozongan.

 

4 SENTYABR

 

1768 yil. Fransua de Shatobrian, fransiyalik yozuvchi. “Jafokashlar” epopeyasi, “Parijdan Quddusi Sharifga sayohat”, “Sahrodagi odamovilar ishqi”, “Rene yoxud darbadarlik oqibati” kabi qissalar, “Inqiloblar haqida tajribalar” estetik-falsafiy kitoblar muallifi.

 

5 SENTYABR

 

1562 yil. Tommazo Kampanella, italiyalik yozuvchi, faylasuf. “Quyosh shahri”, “Haqqoniyat falsafasi”, “Galeley madhi”, “Buyumlar haqida mulohazalar” kabi qator asarlari mashhur. Arastuning “Poetika”, “Ritorika”, “Dialektika” asarlariga sharhlar yozgan. Asarlari koʻplab xorijiy tillarda chop qilingan.

 

7 SENTYABR

 

1870 yil. Aleksandr Kuprin, rossiyalik yozuvchi. “Yakkama-yakka olishuv”, “Oʻra”, “Olosya”, “Gambrinus”, “Ofat”, “Yoqut koʻzli bilakuzuk”, “Janetta”, “Yunkerlar” kabi qissalari jahon adabiyoti xazinasidan oʻrin olgan. Asarlari asosida koʻplab kinofilmlar suratga olingan.

 

8 SENTYABR

 

1474 yil. Ludoviko Ariosto, italyan shoiri, dramaturgi. “Dargʻazab Roland”, “Sandiq haqida komediya”, “Afsungar”, “Almashganlar” kabi asarlari va koʻplab sheʼriy kitoblari mashhur.

1830 yil. Frederik Mistral, fransuz shoiri. “Oltin orollar” sheʼrlar toʻplami, “Nerto”, “Mireyo”, “Kaledo” kabi sheʼriy dostonlari, “Qirol Jano” dramasi bilan nom taratgan. Nobel mukofoti laureati (1904).

 

9 SENTYABR

 

1828 yil. Lev Tolstoy, buyuk rus yozuvchisi. “Kazaklar”, “Kreyser sonatasi”, “Ivan Ilichning oʻlimi”, “Anna Karenina”, “Urush va tinchlik”, “Tirik murda” kabi nasriy asarlari, “Zulmat hokimiyati”, “Maʼrifat mevalari” kabi pyesalari bilan olamshumul shuhrat qozongan. Asarlari dunyo tillariga eng koʻp tarjima qilingan va eng koʻp nashr etilgan adib.

 

14 SENTYABR

 

1618 yil. Piter Leli, germaniyalik musavvir. “Kimon va Ifegeniya”, “Karlning bolalari”, “Viola chalayotgan sanʼatkor”, “Angliya qirolichasining portreti”, “Vingzor goʻzallari” kabi kartinalari unga shuhrat keltirgan.

 

15 SENTYABR

 

1613 yil. Fransua Laroshfuko, fransuz faylasufi, axloqshunosi va adibi. “Fikr-mulohazalar”, “Aforizmlar”, “Memuarlar” kabi toʻplamlari dunyoga mashhur. XVII asrning eng maʼrifatparvar shaxslaridan biri.

 

16 SENTYABR

 

1888 yil. Frans Emil Sillanpya, finlandiyalik yozuvchi. “Qashshoqlik”, “Marhum oʻspirin”, “Erkaklar yoʻli”, “Odamlar va yoz tunlari” kabi romanlar, “Yigit oʻz hayotini yashadi”, “Soʻzlayman va tasvirlayman” kabi avtobiografik asarlari bilan nom taratgan.

 

17 SENTYABR

 

1907 yil. Abdulla Qahhor, mashhur oʻzbek adibi, dramaturg. “Bemor”, “Dahshat”, “Oʻgʻri”, “Mayiz yemagan xotin” kabi hikoyalari, “Sarob” romani,”Sinchalak”, “Oʻtmishdan ertaklar” qissalar, “Shohi soʻzana”, “Ogʻriq tishlar”, “Tobutdan tovush”, “Ayajonlarim” pyesalarini yozgan.

 

18 SENTYABR

 

1935 yil. Georgiy Brim, mashhur teatr rassomi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi. Davlat mukofotlari laureati. Oʻzbek Milliy akademik drama teatri va Oʻzbek davlat drama teatrida sahnalashtirilgan “Shaxsiy ish”, “Boy ila xizmatchi”, “Qonli sarob”, “Shoh Edip”, “Afsona yaratgan qiz”, “Parvoz”, “Abu Rayhon Beruniy”, “Samandar”, “Komissiya”, “Buxoro”, “Qaroqchilar”, “Qor malikasi”, “Kelinlar qoʻzgʻoloni”, “Qiyomat qarz”, “Maysaraning ishi”, “Qora kamar”, “Iskandar”, “Paranji sirlari” va boshqa koʻplab spektakllar uchun sahna bezaklari yaratgan.

 

19 SENTYABR

 

1911 yil. Uilyam Golding, angliyalik yozuvchi. “Pashshalar sultoni”, “Marjon oroli”, “Merosxoʻrlar”, “Oʻgʻrigina Martin”, “Erkin qulash”, “Shpil”, “Qogʻoz odamlar” romanlarining muallifi. Nobel mukofoti laureati (1983).

 

23 SENTYABR

 

1901 yil. Yaroslav Seyfert, chex shoiri. “Koʻzyoshlarga choʻmilgan shahar”, “Yer dubulgʻasi”, “Bulbulning yoqimsiz xonishi”, “Onajon”, “Bola va yulduzlar”, “Asal oyi”, “Oroldagi konsert”, “Quyma qoʻngʻiroqlar”, “Xastajon ustun” kabi sheʼriy kitoblari bilan shuhrat qozongan. Nobel mukofoti laureati (1984).

 

27 SENTYABR

 

1871 yil. Gratsiya Deledda, italiyalik yozuvchi. “Halol qalblar”, “Sardeniya chechagi”, “Elias Portulu”, “Kaptarlar va quzgʻunlar”, “Qul”, “Pechak”, “Shamolda titragan qamish”, “Ona”, “Tiriklar xudosi”, “Yolgʻiz kishining sirlari” kabi romanlar yozgan. Nobel mukofoti laureati (1927).

 

29 SENTYABR

 

1810 yil. Elizabet Gaskell, ingliz adibasi. “Krenford”, “Shimol va janub”, “Xotinlar va qizlar”, “Ruf”, “Meri Barton”, “Manchestr hayotidan hikoya”, “Silviyaning oshigʻi” kabi romanlar yozgan. Juda koʻplab qissalar muallifi.

 

M. MUHAMMADAMINOVA tayyorladi.

 

“Jahon adabiyoti” jurnali, 2013–9

https://saviya.uz/hayot/nigoh/sentyabr-oyida-tugilgan-madaniyat-va-sanat-namoyandalari/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x