“Koʻzlar koʻzyosh toʻla koʻrinar menga…”

Tomas ELIOT   AFRIKADA XALOK BOʻLGAN HINDLARGA   Odamning taqdiri – oʻzining jonajon qishlogʻida Uyi – oʻlan toʻshagida, xotin bergan rizqin yeb; Kunbotar pallasida, choʻkib zinapoyaga Nabiralari va qoʻshni nabiralariga boqqan nigohlarida, Hovlida chugʻurlashib oʻrtoq-oʻrtoq oʻynashar. Chandigʻi koʻp, lek beziyon boʻlgan odamning Bisyor boʻlar suhbat chogʻi uygʻonguvchi xotiralari (Salqin chogʻmi va yoki iliq – bu … Читать далее

Nega yondim, nega chekingum?

Inson uchun dorulfanodagi ilohiy tortiqlardan biri – bu doʻst. Kimdir oʻz muhibiga yetishadi, kimdir umri davomida uni izlab oʻtadi. Tompson esa boshqalardan farqli oʻlaroq, juda erta abadiy doʻstlikka musharraf boʻldi. Ahamiyatlisi shuki, uning doʻsti tilsiz-zabonsiz-u, ammo boshqalardan koʻra koʻproq tillasha oladi. Koʻngil tubidagi hech kimga aytolmaydigan sirlarini ungagina ishonadi, demakki, dillasha oladi. Yillar davomida ikki … Читать далее

Hey, kim bor?

Uilyam SAROYAN    Chekka bir qasabaning kichik turmasi. Kameradagi yigit qoshiq bilan polni ohista taqillatadi. Bir muddat goʻyo telegrafda nenidir uzatayotgandek ovoz beradi, oʻrnidan turib, kamera boʻylab yura boshlaydi. Kamera oʻrtasida dafʼatan toʻxtab, jim qotadi. Aftidan yarador boshini avaylab ushlab koʻradi. Atrofga alanglaydi, keyin baqiradi.   Yigit. Hey kim bor? Kim bor?! Sukut. Hey, javob … Читать далее

Pablo Neruda (1904–1973)

XX asr jahon adabiyotining ulkan namoyandasi, shoir, koʻplab milliy va xalqaro mukofotlar sovrindori, faol jamoat arbobi va siyosatchi, tinchlik uchun tolmas kurashchi. Haqiqiy ismi – Neftali Rikardo Reyes. Chilining janubidagi Parral shaharchasida temiryoʻlchi oilasida tugʻilgan Pablo Nerudaning bolaligi Temuko shahrida – ogʻir sharoitda oʻtgan. Bolaligidan sheʼr yoza boshlagan. 1921 yilda “Bayram qoʻshigʻi” sheʼri talabalar adabiy … Читать далее

“Xiva roʻyosi” haqida

Quyosh nurlarini berkitib boʻlmaganidek, haqiqatning chirogʻini ham soʻndirib boʻlmas. Az-ZAMAXSHARIY   1995 yil avgustining boshlarida Xiva shahrida xizmat safarida edim. Bomdod namozini mashhur Olloqulixon qurdirgan karvonsaroy qarshisidagi masjidda jamoaga qoʻshilib oʻqidim. Duoi fotihadan soʻng oʻtirgan joyimda masjidning ichini bir chekkadan koʻzdan kechira boshladim. Koʻhna binoning qurilish uslubi negadir koʻproq ovropacha imoratlarni eslatardi: devorlari oʻta qalin … Читать далее

Romanlarga aylangan xotiralar

Herta Myuller Germaniyaning nufuzli Genrix fon Klayst mukofoti (1994), Yevropa Ittifoqining “Aristeyon” mukofoti (1995), Xalqaro IMPAC Dublin adabiy mukofoti (1998), Frans Kafka nomidagi (1999), Yozef Broybaxt (2003), Konrad Adenauer (2004) nomidagi mukofotlar va nihoyat Xalqaro Nobel (2009) mukofoti sovrindori, Germaniya til va adabiyot akademiyasi aʼzosi (1995), sheʼrlari, romanlari, hikoya va esselari xitoy, yapon, ingliz, shved, … Читать далее

Oliy odam roʻyomi, roʻyob?

Chin mamlakati deganda, barchaning koʻz oʻngida eng avvalo, pastakkina odamchalaru uzun choʻpchalar, Buyuk Xitoy devoriyu Pekin operasi… va Konfutsiy gavdalansa ajab emas. Yunon falsafasida Suqrotning oʻrni qay darajada boʻlsa, Xitoy falsafasi ham Konfutsiy bilan barhayot. Oradan qancha vaqt oʻtmasin, oltin yillar osha sayqal topgani singari uning purmaʼno hikmatlari ham asrlar osha yangi-yangi qirralari bilan jilolanmoqda. … Читать далее

Oʻyinning tugashi

Xulio KORTASAR     Quyosh tandirdek qizdirayotgan pallada, jaziramaga ham qaramay, men, Letisiya, Olando uchovimiz temiryoʻl yoqasiga oʻynagani borardik. Oyim bilan Ruf xolam tushlikdan soʻng dam olgani xona-xonalariga kirib ketishlari bilanoq, hayhotdek hovlimiz etagida kesakisiz, toʻgʻridan-toʻgʻri devorga oʻrnatilgan oq eshikchadan lip etib chiqardigu, qanot bogʻlab uchardik. Ikkovlari har kuni idish-tovoq yuvaverib bezib ketishgan, birpasda charchab … Читать далее

Ong orqali yurakka

Dunyoga mashhur amerikalik yozuvchi, Nobel hamda Pulitser mukofotlari laureati Uilyam Folkner shaxsiyati koʻpchilikda qiziqish uygʻotadi. Hikoya va qissalari, esseyu romanlari, sheʼriyat hamda dramaturgiyasi jahon kitobxonlari tomonidan birvarakayiga iliq kutib olinishi ijodkor mahoratining yuksakligidan dalolat. Uning xalqu hukumat koʻzigayu koʻngliga yaqinligi, dunyo miqyosida eʼtirof etilishi koʻplab yozuvchilarga butun umr qoʻl choʻzsa yetib boʻlmas orzuligicha qolaveradi. Uilyam … Читать далее