PARVANA

PARVANA — oʻrtapishar xoʻraki kishmish uzum navi. Armaniston uzumchilik, vinochilik va mevachilik i. t. in-tida Kattaqoʻrgʻon va Xishrov kishmishi navlarini chatishtirib chiqarilgan (S. A. Pogosyan, S. S. Xachatryan, E. L. Martirosyan, V. I. Yegizaryan). Bargi oʻrtacha, 5 boʻlmali, osti tuksiz. Guli 2 jinsli. Uzum boshi oʻrtacha va yirik, oʻrtacha tigʻiz. Gʻujumlari yirik, choʻziq-tuxumsimon, sargʻimtir, gʻubor … Читать далее

MERINOSLAR

MERINOSLAR (isp. merinos) — jun qoplami bir xil mayin junli qoʻy zotlari. Vatani — Gʻarbiy Osiyo. M. bu yerda mil. av. 2—3 ming yilliklardan boqiladi, keyin Oʻrta dengiz mamlakatlariga, 18-a. oʻrtalaridan esa Gʻarbiy Yevropa, Shim. Amerika va Avstraliyada, 19-a. va 20-a. boshlarida Rossi-yada tarqalgan. Turli mamlakatlarda bir-biridan farq qiladigan infantado, negretti, rambulye, mazayev, yangi Kavkaz … Читать далее

MIYONQOL QOʻZGʻOLONI

MIYONQOL QOʻZGʻOLONI — Buxoro xonligida amir Haydarnnnt soliq siyosatiga qarshi xitoyqipchoqlar qoʻzgʻoloni (1821—25). Miyonqol 19-a. ning boshlarida oʻzaro ichki nizo avj olgan hududga aylangan. Katta soliq va majburiyatlar, amaldorlarning oʻz mansablarini suiisteʼmol qilishlari dehqon va hunarmandlar turmushiga juda salbiy taʼsir qilmoqda edi. Miyonqol aholisi uchun Marvda harbiy xizmatni oʻtash yana bir ogʻir maj-buriyat boʻlgan. 1820-y. … Читать далее

MINERAL SUVLAR

MINERAL SUVLAR — tarkibida baʼzi bir kimyoviy elementlar va birikmalar, shuningdek, gazlar boʻlgan suvlar. Tarkibidagi erigan minerallarning umumiy miqdori 1 g/l gacha boʻlgan suvlar chuchuk hisoblanadi. Baʼzi dengiz va koʻl suvlari ham Mineral suvlarga kiradi. Mineral suvlarning maʼlum shifobaxsh xususiyatiga va iqtisodiy jihatdan uzoq muddat foydalanish uchun yetarli miqdorga ega boʻlganlari mineral suv manbalari deb … Читать далее

MUSKAT

MUSKAT (frans. muscat, lot. muscus) — 1) mushk hidini eslatadigan xushboʻy uzum navlari: aleksandriya M. i, oq Muskat, venger Muskati, VIR M. i, Gamburg M. i, Derbent Muskati, yerevan va b. M. lar bor. M. yangi navlar hisobiga koʻpayib bormoqda. Muskat orasida yuqori sifatli desert vinolar tayyorlanadigan va turli muddatda pishadigan navlari bor. Italiya, Fransiya, … Читать далее

MITAN

MITAN — Samarqand viloyati Ishtixon tumanidagi shaharcha (1986-y. dan). Tuman markazi (Ishtixon)dan 8 km, Samarqand sh. dan 68 km. Yaqin t. y. stansiyasi — Kattaqoʻrgʻon (30 km). Aholisi 5,7 ming kishi (2000). Mitan Nurota togʻ tizmasining Oqtov adirlari adogʻida, oʻrtacha 250 m balandlikda joylashgan. 1926—58 y. larda Mitan tumanining markazi boʻlgan. 1958-y. da Mitan tumani … Читать далее

ROSSIYA-BUXORO SHARTNOMALARI

ROSSIYA-BUXORO SHARTNOMALARI — Rossiya imperiyasi bilan Buxoro amirligi oʻrtasida 1868, 1873, 1885, 1894, 1900-y. larda tuzilgan shartnomalar. Bu shartnomalar podsho Rossiyasiga Buxoro amirligi xududidan har tomonlama foydalanish imkoniyatini bergan. 1868-y. 23 iyun sulh shartnomasi. Buxoro bilan Rossiya qoʻshinlari oʻrtasida boʻlgan Zirabuloq jangidan keyin Samarqandda imzolangan. Bu shartnomaga binoan, Xoʻjand, Oʻratepa, Jizzax, Samarqand va Kattaqoʻrgʻon sh. … Читать далее

KATTAQOʻRGʻON TUMANI

KATTAQOʻRGʻON TUMANI — Samarqand viloyatidagi tuman. 1926-y. 28 sen-t. da tashkil etilgan. Shim. dan viloyatning Ishtixon, Jan.-sharkdan Nurobod, gʻarbdan Narpay, sharqdan Pastdargʻom, shim.-gʻarbdan Navoiy viloyatining Xatirchi tumanlari bilan chegaradosh. Mayd. 1,47 ming km2. Aholisi 189 ming kishi (2002). Tumanda 2 shaharcha (Suv Ombori, Payshanba) va 11 qishloq fuqarolar yigʻini (Girdiqoʻrgʻon, Durbesh, Kattakoʻrpa, Kattaming, Ki^ikmindon, Jumaboy, … Читать далее

XUSHNAZAROV

XUSHNAZAROV Sapar (1906, hoz. Samarkand viloyati Kattaqoʻrgʻon sh., Ingichka shaharchasi — 1943.7.10, Chernigov viloyati, Semaki qishlogʻi) — 2-jahon urushi qatnashchisi. 1942-y. dan armiyada. Markaziy frontning 61armiyasi, 81oʻqchi diviziyasi, 467oʻqchi polkining oddiy askari. 1943-y. 2 okt. da Gomel obl. ning Goyev rni, Glushes qishlogʻi yaqinida Dnepr daryosini kechib oʻtishda jasorat koʻrsatgan va 7 okt. da jarohatdan … Читать далее

PARRANDACHILIK

PARRANDACHILIK — uy parrandalarini yetishtirish; chorvachiyaikning bir tarmogʻi. Parrandachilikning asosiy mahsuloti — oziq-ovqatga ishlatiladigan tuxum va goʻsht; qoʻshimcha mahsuloti — parranda pati va pari. Parrandalarni soʻyish va uni qayta ishlash chiqindilaridan yem uni ishlab chiqariladi. Parranda goʻngi — qimmatli organik oʻgʻiti. Parrandachilikda tuxum, asosan, tuxum yoʻnalishidagi, qisman goʻsht-tuxum va goʻsht yoʻnalishidagi tovuq zotlari va krosslaridan … Читать далее