MERINOSLAR

MERINOSLAR (isp. merinos) — jun qoplami bir xil mayin junli qoʻy zotlari. Vatani — Gʻarbiy Osiyo. M. bu yerda mil. av. 2—3 ming yilliklardan boqiladi, keyin Oʻrta dengiz mamlakatlariga, 18-a. oʻrtalaridan esa Gʻarbiy Yevropa, Shim. Amerika va Avstraliyada, 19-a. va 20-a. boshlarida Rossi-yada tarqalgan. Turli mamlakatlarda bir-biridan farq qiladigan infantado, negretti, rambulye, mazayev, yangi Kavkaz zotlari, shuningdek, 20-a. ning 20-y. laridan SSSRda oltoy, askaniya, groznen, kavkaz, salsk, Stavropol, sovet Merinoslari yaratilgan. Merinoslar juni ingichka (15—25 mkm), mayin, tivit tolali, uz. 6—8 sm. Qoʻchqorlaridan 8—12 kg va undan ortiq, sovliqlaridan 4—6 kg jun qirqib olinadi. Sof tola chiqimi 35 — 45% . M. koʻpgina mamlakatlarda boqiladi. Ularning asosiy qismi Avstraliya (Avstraliya Merinoslari) va Argentinaga toʻgʻri keladi.

Merinoslar Turkiston oʻlkasiga, jumladan, hoz. Oʻzbekiston hududiga 19-a. ning 70 — 80-y. lari Rossiya orqali kirib keldi. «Turkiston vedomosti» gaz. ning (1883-y. 1 noyab. 13son) xabar berishicha, Zarafshon oʻlkasining Kattaqoʻrgʻon boʻlimida 1882-y. da 2000 mayin junli qoʻylar boʻlgan. 20-a. boshida Merinoslardan rambulye zoti keltirilgan. Merinoslar tipidagi mayin junli qoʻylarni Oʻzbekistonga keltirish 20-a. ning 20-, 30-, soʻngra 50-y. larida ham davom etdi. 1927—31 y. larda Oʻzbekistonga 5000 merinos qoʻylari keltirilgan. 1939-y. Jizzax, Gʻallaorol, Zomin tumani k-zlarida barcha mahalliy ona sovliq qoʻylar yoppasiga askaniya va oltoy merinos qoʻchqorlari bilan qochirilgan va 45 ming bosh duragay qoʻylar olingan. 1949—58 y. larda Toshkent va Jizzax naslchilik xoʻjaliklarida keltirilgan askaniya, groznen, qirgʻiz, Stavropol merinos sovliqlari va qoʻchqorlari boqildi. Merinoslarning Oʻzbekistonning issiq iqlim sharoitida asosiy mahsuloti boʻlgan jun va jun tolasining qator texnologik sifat koʻrsatkichlari saqlanib qoldi. Merinoslardan olinadigan jun va goʻsht mahsulotlari sifati va miqdori, asosan, qoʻylarni yaxshi sharoitlarda asrash, boqish va parvarish qilish texnologiyasi bilan chambarchas bogʻliq (q. Mayin junli qoʻylar).

L

Abdusattor Amirov.

0 0 голос
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest
0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x
()
x