MINERAL SUVLAR

MINERAL SUVLAR — tarkibida baʼzi bir kimyoviy elementlar va birikmalar, shuningdek, gazlar boʻlgan suvlar. Tarkibidagi erigan minerallarning umumiy miqdori 1 g/l gacha boʻlgan suvlar chuchuk hisoblanadi. Baʼzi dengiz va koʻl suvlari ham Mineral suvlarga kiradi. Mineral suvlarning maʼlum shifobaxsh xususiyatiga va iqtisodiy jihatdan uzoq muddat foydalanish uchun yetarli miqdorga ega boʻlganlari mineral suv manbalari deb ataladi. Suv tarkibida yod, brom, litiy, bariy, temir va b., gazlardankarbonat angidrid, radon, sulfat gazlari boʻlishi ularda shifobaxsh xususiyat vujudga keltiradi. Sul-fatgidrokarbonatli Narzan suvi (Kislovodskda), karbonat angidridli Jeleznovodsk, Pyatigorsk, Yessentuki, oltingugurtli Chimyon, Uchqizil (Oʻzbekiston), Obishifo (Tojikiston), Matsesta (Gruziya), azotli Qiziltepa (Oʻzbekiston), Issiqota (Qozogʻiston), radioaktivli Xoʻjaobigarm (Tojikiston), Jetiogʻuz (Qozogʻiston) va b. oʻnlab joylarda mineral suv manbalari bor. M. s. qosil boʻlishi va Yer poʻstida joylanishiga qarab sovuq va iliq (20° atrofida), termal (issiq, 37° dan yuqori), gipotermal (42° dan yuqori) hamda qaynoq (100° va undan yuqori) boʻladi. Minerallanish miqdoriga qarab: kuchsiz (1—2g/l), kam (2—5 g/l), oʻrta (5-15 g/l), yuqori (15-30 g/l), shoʻr (15—30 g/l), va oʻrtacha shoʻr (35 — 150 g/l) kabi turlarga boʻlinadi. Tarkibida 2—20 g/l mineral tuzlar boʻlgan Mineral suvlar isteʼmol uchun ishlatiladi. Mineral suvlarning shifobaxsh xususiyati tarkibidagi foydali elementlar, gazlar, organik moddalarning sifati va miqdoriga qarab belgilanadi. Mineral suvlarning paydo boʻlishi, joylanish qonuniyatlari va foydalanish masalalarini gidrogeologiya va kurortologiya oʻrganadi. Mineral suvlarning organik va kimyoviy xossalarini oʻrganish va foydalanishga topshirish b-n ilmiy tadqiqot muassasalari, lab. va st-yalar shugʻullanadi. Hoz. sanatoriy va shifoxonalarda sunʼiy yoʻl bilan oltingugurtli va radonli Mineral suvlar tayyorlanadi.

Oʻzbekiston Markaziy Osiyoda Mineral suvlarga boy boʻlgan mamlakat. Respublika xududida ularning tabiatda maʼlum boʻlgan barcha guruh va tiplari aniqlangan. Oʻzbekistonda Mineral suvlarning quyidagi balneologik guruxlari bor: spetsifik xususiyatlarsiz va komponentlarsiz, oltingugurtli, yod, brom, radonli va karbonat angidridli.

Spetsifik xususiyatlarsiz va komponentlarsiz eng qimmatli Mineral suvlar (azotishqorli issiq, Ijevsk va yangi Ijevsk turidagi sulfat va xlorid sulfat natriyli) Toshkent atrofi, Kizilkum, Zarafshon va Markaziy Kizilkum havzalar guruhida, hamda Ustyurt, Buxoro-Qarshi, Surxondaryo va Fargʻona artezian havzalarining yuqori gidrogeologik qavatida tarqalgan. Ular negizida: Jan. Olamushuk shaharchasi va Polvontoshda (Andijon viloyati), Buxorodagi «Sitorai Mohi Xossa», Jizzax viloyatidagi Gagarin va Gʻallaorol sh. larida, Muborak sh. da (Qashqadaryo viloyati), Oltinsoy qishlogʻida (Navoiy viloyati): Kattaqoʻrgʻon sh, Na-gorniy t. y. stansiyasida (Samarqand viloyati), Toshkent sh. da, Toshkent viloyatida, Oltiariq shaharchasida, Oltiariq t. y. stansiyasida, Zadion qishlogʻida, Qoʻqon sh. da, Chimyon qishlogʻida (Fargʻona viloyati), Nukus sh. da (Qoraqalpogʻiston) sanatoriykurort, profilaktika muassasalari va qadoqlash z-dlari faoliyat koʻrsatadi. Oʻzbekiston xududida sanoat toifasi boʻyicha foydalanish zaxirasi 30 ming m3/ sutka boʻlgan yer osti Mineral suvlar aniqlangan. Ular negizida 100 dan ziyod sanatoriy, balneologik shifoxona va mineral ichimlik suvlari qadoqlash boʻyicha 20 sex ishlab turibdi. Davlat hisobida radonli, oltingugurtli, yod, brom, borli, tarkibida organik modda boʻlgan, kremniyli, temirli va spetsifik komponentlar va xususiyatlarsiz 10 dan ziyod yer osti Mineral suvlar konlari va uchastkalari faoliyat koʻrsatadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x