MUSKAT

MUSKAT (frans. muscat, lot. muscus) — 1) mushk hidini eslatadigan xushboʻy uzum navlari: aleksandriya M. i, oq Muskat, venger Muskati, VIR M. i, Gamburg M. i, Derbent Muskati, yerevan va b. M. lar bor. M. yangi navlar hisobiga koʻpayib bormoqda. Muskat orasida yuqori sifatli desert vinolar tayyorlanadigan va turli muddatda pishadigan navlari bor. Italiya, Fransiya, Ispaniya, Portugaliya, GFR, Belgiya, Buyuk Britaniya, Rossiyada keng tarqalgan. Oʻzbekistonda hoz. Uzbekiston usimlikshunoslik i. t. in-tida yaratilgan kechpishar xoʻraki Uzbekiston Muskati (kattaqoʻrgʻon va aleksandriya Muskati navlarini chatishtirib chiqarilgan), VIR M. i (oq Muskat bilan gam-burg Muskat ini chatishtirib chikarilgan), Kahrabo M. (Qibray ertagi Muskat ini Sharq M. i. bilan chatishtirib chiqarilgan), shuningdek, qora, venger, aleksandriya, Gamburg Muskati koʻp ekiladi; 2) uzumning Muskat navlaridan tayyorlanadigan desert nim shirin, shirin, li-kyorli, baʼzan ovkat ustida ichiladigan nim shirin vinolar. Tarkibida 13 — 16% hajm spirt, 14—21 g/100 sm3 qand bor. Xushtaʼm. Oq, qora va pushti Muskat navli uzumlardan jaxrnga mashhur eng yaxshi vinolar tayyorlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x