BOBOXONOVA Xadicha Abdurasulovna

BOBOXONOVA Xadicha Abdurasulovna (1923.11.1, Toshkent) — Oʻzbekiston xalq artisti (1979). Toshkent teatr texnikumini tugatgan (1939), Moskva davlat teatr sanʼati inti qoshidagi milliy teatr boʻlimida tahsil olgan (193941). Surxondaryo (1941-49), Buxoro (1949-51), Kattaqoʻrgʻon (1951-58) teatrlarida ishlagan, 1958-y. dan yana Surxondaryo teatrida. Asosiy rollari: Maysara («Maysaraning ishi»), Zuhra («Tohir va Zuhra»), Layli («Layli va Majnun»), Nodira («Nodira»), … Читать далее

VOLA

VOLA (taxallusi; asl ismi Eshonxoʻja Mirinoyatullo oʻgʻli) (1770 — Samarqand viloyati Ishtixon tuman i — 1842) — oʻzbek shoiri. Vozehttg «Suhbatdoshlar tarjimayi holidan doʻstlarga tuhfa» tazkirasida keltirilishicha. Vola tugʻma koʻzi ojiz boʻlgan. Shunga qaramay u turkiy va forsiy tillarda ijod qilgan. Vola 19-a. Kattaqoʻrgʻon adabiy muhitiga mansub Shavqiy. Nodim, Xiromiylar bilan ijodiy muloqotda boʻlgan. Navoiy, … Читать далее

BOBON QOʻZGʻOLONI

BOBON QOʻZGʻOLONI — Zarafshon vohasida chorizm mustamlakachilik istibdodi va mahalliy amaldorlar zulmiga qarshi koʻtarilgan dehqonlar qoʻzgʻoloni (1869-y. okt. — 1870-y. sent.). Rahbari — Bobon Aliboyev (Bobon Toʻqsabo). U Qoraqursoq qishlogʻidan boʻlib, rus podsho chinovniklari, amir va uning amaldorlari, jumladan Ziyouddin tuman begi Muhammad Yusufboy dodxohning behad zulmiga qarshi bosh koʻtarib, oʻz atrofiga kambagʻal dehqonlarni toʻplay … Читать далее

YOGʻMOY SANOATI

YOGʻMOY SANOATI — oziqovqat sanoatining oʻsimlik moyi i. ch., yogʻlarni tozalash, gidrogenlash, dezodoratsiyalash, glitserin, margarin, mayonez, xoʻjalik sovunlari, sintetik moy kislotalari asosida kir yuvish vositalari, aliflar va b. mahsulotlar tayyorlashni oʻz ichiga oladigan tarmogʻi. Oʻzbekistonda Yogʻmoy sanoati oziqovqat sanoatining yetakchi tarmoqdaridan hisobanadi. Mamlakatda ishlab chiqariladigan oziqovqat sanoati umumiy mahsuloti hajmining 40% ga yaqinini beradi. OʻzRda … Читать далее

BAKIROVA Oybarchin Abbosovna

BAKIROVA Oybarchin Abbosovna (1950.27.6, Andijon) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti (2000). Abbos Bakirov va Qamara Burnashevalarning qizi. Toshkent davlat teatr va rassomlik sanʼati in-tini tugatgan (1971). 1971— 72 y. lar Kattaqoʻrgʻon drama teatrida ishlagan. 1973-y. dan «Oʻzbekfilm» kinostudiyasining aktrisasi. Kinodagi eng yaxshi rollari: Surayyo («Orzular ogʻushida…»), vrach Valiyeva («Kasalxona»), Sarviniso («Vodillik kelin»), Xolida («Marhumga hurmat»), … Читать далее

VINOCHILIK

VINOCHILIK — uzum va b. mevalar sharbatini turpsiz yoki turpi bilan bijgʻitib vino tayyorlash. Oʻzbekistonda vino O k, kishmish, Baxtiyoriy, Bihishti, Buvaki, Doroyi, Sultoniy (Jaus), Soyaki, Toyfi, Husayni, Vassargʻa, Tagobi, Nimrang, Parkent, Kattaqoʻrgʻon kabi mahalliy navlardan; Bayan shirey, Venger muskata, Oporto, Risling, Rkatsitelli, Sersial, Aleatiko, Kaberne, Pino, Morastel, Murvedr, Pushti muskat, Saperavi, Tavkveri kabi Yevropa … Читать далее

VIDOIY

VIDOIY (?, Kattaqoʻrgʻon – ?) — oʻzbek shoiri. 19-a. Kattaqoʻrgʻon adabiy muhitiga mansub romantik uslub vakillaridan biri. Hayoti haqida maʼlumot topilmagan. Ijodida dunyoviy adabiyot anʼanalariga rioya qilgan, lirik sheʼrlar yaratgan. Sheʼriyatida samimiy sevgi, axdida qatiy bulishlik, sadoqat, yaxshilikni ulugʻlagan. Maʼnaviy-axloqiy qashshoqlik, adolatsizlik, jabr va zulm kabi illatlarni fosh qilgan. Navoiyning «Xarobot aro kirdim oshifta hol, … Читать далее

BOLTAYEV

BOLTAYEV Abdurauf (1909. 2. 6, Kattaqoʻrgʻon 1978. 6.10, Toshkent) — Oʻzbekiston xalq artisti (1964). 1931—34 y. larda Qoradaryo, Narpay, Sariosiyo tumanlari, Kattaqoʻrgʻon sh., Qashqadaryo viloyati teatrlarining tashkilotchilaridan, 1934—39 ylar Samarqand viloyat teatri da, 1939-y. dan Muqimiy teatrida aktyor. Mashhur rollari: Qozi («Maysaraning ishi»), Boboxon («Tohir va Zuhra»), Jiyanboy («Gʻunchalar»), Umurzoqboy («Paranji sirlari»), Flores («Qoʻzibuloq»), Qozi … Читать далее