MIYONQOL QOʻZGʻOLONI

MIYONQOL QOʻZGʻOLONIBuxoro xonligida amir Haydarnnnt soliq siyosatiga qarshi xitoyqipchoqlar qoʻzgʻoloni (1821—25). Miyonqol 19-a. ning boshlarida oʻzaro ichki nizo avj olgan hududga aylangan. Katta soliq va majburiyatlar, amaldorlarning oʻz mansablarini suiisteʼmol qilishlari dehqon va hunarmandlar turmushiga juda salbiy taʼsir qilmoqda edi. Miyonqol aholisi uchun Marvda harbiy xizmatni oʻtash yana bir ogʻir maj-buriyat boʻlgan. 1820-y. amir Haydar qoʻshini orasida vabo kasali tarqalgan, shu tufayli 1821-y. bahorda Miyonqoldagi qabilalardan 500 kishini Marvga safarbar etish haqida yangi farmon eʼlon qilingan. Kattaqoʻrgʻon hokimi — Ayozbiy muddatidan avval xirojni yigʻib olish haqida koʻrsatma bergan, soliq toʻlamagan dehqonlar ayovsiz jazolangan. Dehqonlarning amirga qilgan shikoyatlari natijasiz chiqqan.

Miyonqol qoʻzgʻoloni 4 yil davom etgan, unda mehnatkash xalqning barcha tabaqalari, shuningdek, amir siyosatidan norozi boʻlgan ayrim mulkdorlar, amaldorlar ham qatnashgan. Qoʻzgʻolon yangidan-yangi tumanlarni qamrab olgan.

Amir Haydar qoʻzgʻolonni bostirish uchun yangidan safarbarlik eʼlon qilish, qoʻshimcha soliqlar undirish haqida farmon chiqargan. Qoʻzgʻolonning soʻnggi bosqichida uning mulkdor tabaqaga mansub ayrim rahbarlari xiyonat yoʻliga oʻtishgan. Amirning koʻplab aygʻoqchilari qoʻzgʻolonchilar qarorgohida tayyorlanayotgan jang rejalari haqida maʼlumot yetkazib berib turardilar. Qoʻzgʻolonchilarda jangovar harakatlarning aniq rejasi yoʻq edi, harbiy kuch va texnika jihatdan ustunlik amir tomonida edi, bundan tashqari, iqtisodiy qiyinchiliklar va xiyonat, aldov natijasida qoʻzgʻolonchilar taslim boʻlganlar.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x