MITAN

MITANSamarqand viloyati Ishtixon tumanidagi shaharcha (1986-y. dan). Tuman markazi (Ishtixon)dan 8 km, Samarqand sh. dan 68 km. Yaqin t. y. stansiyasi — Kattaqoʻrgʻon (30 km). Aholisi 5,7 ming kishi (2000). Mitan Nurota togʻ tizmasining Oqtov adirlari adogʻida, oʻrtacha 250 m balandlikda joylashgan. 1926—58 y. larda Mitan tumanining markazi boʻlgan. 1958-y. da Mitan tumani tugatilgach, Ishtixon tumani tarkibiga kirgan. «Mitan» soʻzi shaharcha hududida yashovchi oʻzbeklarning qad. «mitan» (muytan) urugʻi nomidan kelib chiqqan. Mitanda paxta tozalash z-di, MTP, dehqon bozori, 2 umumiy taʼlim maktabi, iktidorli oʻquvchilar uyi, kutubxona, madaniyat uyi, madaniyat va istirohat bogʻi, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari mavjud. Bolalar kasalxonasi, tuman kasalxonasining terapiya boʻlimi, dorixonalar faoliyat koʻrsatadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x